Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Şapşa 22-sentabr kuni maʼlum qilişiça, hududda benzin «juft-toq» tartibida sotiladi. Haydovçilar avtomobil davlat raqamining birinçi raqamiga qarab juft yoki toq sanali kunlarda yonilği quyişi mumkin böladi. Benzin faqat maşinaning bakiga quyiladi.

Şapşaga köra, ayrim avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalariga benzin yetkazib berişda mahalliy logistika uzilişlari kuzatilmoqda va navbatlar yana paydo bölgan. U bu holat aholining haqli noroziligiga sabab bölayotganini aytdi.

Kaluga viloyatida «juft-toq» tartibi avval 15-avgustda joriy etilgan, 1-sentabrdan esa bekor qilingan edi.

Baykalorti ölkasi tezkor ştabi ham 23-sentabrdan «BRK» va «Kors» tarmoqlariga qaraşli AYoQŞda AI-92 va AI-95 benzini bir maşinaga köpi bilan 15 litrdan sotilişini maʼlum qildi.

Ölka hukumati raisining birinçi örinbosari Buyanto Batomunkuyevga köra, AOQŞ va neft bazalarida jami 17 ming tonna yonilği qolgan. Uning aytişiça, hozirgi sotiş surʼati saqlansa, bu zaxira 20 kunga yetadi. Baykalortida şunga öxşaş çeklovlar iyun oyida ham amal qilgan va 23-iyulda bekor qilingan edi.

DW xabariga köra, joriy yozda Rossiyaning deyarli barça hududlarida, şuningdek, qöşib olingan Qrimda yonilği sotişga turli çeklovlar qöyilgan. Ularni ayrim joylarda mahalliy hokimiyatlar, boşqa joylarda esa AOQŞ tarmoqlarining özi joriy etgan. Taʼminotdagi muammolar ortidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 28-iyunda bozorni barqarorlaştiriş böyiça tizimli çoralar körişni topşirgan.

Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga Ukrainaning dron hujumlari oqibatida ayrim korxonalar işlab çiqarişni qisqartirişga yoki töxtatişga majbur bölgan. Keyinçalik bir qator çeklovlar olib taşlangan, ammo avgust boşidan zavodlarga hujumlar kuçayişi ortidan yoqilği taʼminotidagi muammolar yana avj olgan.

«Novaya gazeta Yevropa» gdebenzin servisi maʼlumotlariga tayanib xabar berişiça, sentabr örtalariga kelib Rossiyada deyarli har ikki AYoQŞdan birida benzin bölmagan.