Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya hujumlaridan keyin Kiyevda issiqlik va elektr ta’minoti bilan boğliq oğir vaziyat uçun mas’uliyatning bir qismini şahar hokimiyati zimmasiga yukladi. “Jihoz-uskunalar qiş kirişidan oldinroq sotib olinib, tayyor holatga keltirilişi kerak edi, Kiyev şahar ma’muriyati esa hozir bir neça baravar tezroq harakat qilişi şart — heç bölmaganda fevral oyida odamlarning hayotini yengillatiş uçun”, — dedi Zelenskiy çorşanba, 28 yanvar kuni keçqurungi video murojaatida.

28 yanvar keçqurungi holatga köra, Ukraina poytaxtidagi 639 ta köp qavatli uy issiqlik ta’minotisiz qolganini Kiyev meri Vitaliy Kliçko Telegram’da yozdi. Uning aytişiça, RF armiyasining energiya obektlariga bergan zarbalari oqibatlarini bartaraf etiş ustida kommunal xizmatlarning 1000 nafardan ortiq xodimi işlamoqda. Poytaxt mutaxassislariga Lviv, Poltava, Çernixiv, Vinnitsa, Jitomir, Mikolayiv, Odessa, Rovno, Kropivnitskiy va Ukrainaning boşqa şaharlaridan kelgan brigadalar yordam beryapti. Şuningdek, “Ukrzaliznitsya” temiryöl kompaniyasi xodimlari ham jalb etilgan.

GFRning Ukrainadagi yangi elçisi Hayko Toms “Suspіlne” telekanaliga bergan intervyusida Germaniya Kiyevga 33 ta mobil issiqlik-elektr stansiyasini yetkazib berişini bildirdi. Ular yaqin vaqt içida olib kelinadi. “Bu 33 ta qurilma Ukrainada millionlab odamlarni elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Masala — ularni ulaşda, xuddi generatorlarda bölgani kabi. Lekin biz buni imkoni boriça tezroq qiliş uçun birga işlaymiz”, — dedi Toms.

Ukraina poytaxtida Rossiyaning ommaviy zarbalaridan keyin taxminan 610 ming iste’molçi hali ham elektr ta’minotisiz qolmoqda. Bu haqda mamlakat energetika vaziri Denis Şmixal 28 yanvar kuni keçqurun Telegram-kanalida xabar qildi. Uning ta’kidlaşiça, tarmoq infratuzilmasiga yetgan şikastlar notekis bölgani sabab Kiyevning energiya tizimidagi vaziyat hali ham murakkabligiça qolmoqda.