Kun.uz sayti öz an’anasiga muvofiq, 2026 yil 1 fevraldan boşlab Özbekiston qonunçiligida kuçga kiradigan ayrim normalarni eslatib ötadi.
Ziyoratçilar onlayn röyxatdan ötadi
Vazirlar Mahkamasining Haj va Umra tadbirlarini taşkil etiş tizimini raqamlaştiriş va takomillaştirişga qaratilgan qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Özbekistonda “Haj va Umra yagona portali” (www.haj-umra.gov.uz) işga tuşirildi. Qayd etilişiça, endilikda muqaddas ziyoratga boriş istagida bölgan fuqarolar uçun uşbu portal orqali röyxatdan ötiş majburiy etib belgilanmoqda.
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 fevraldan boşlab Haj tadbiriga, 2026 yil 1 maydan boşlab Umra tadbiriga boriş uçun portalda röyxatdan ötiş şart. Ziyoratçilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni taşkil etişga yöl qöyilmaydi.
Kitobxonlik tarğibotida yangi dastur
2026 yil 1 fevraldan boşlab Özbekistonda aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qilişga qaratilgan “Kitob – ma’rifat manbai” dasturi amalga oşiriladi. Bu haqda prezidentning 2026 yil 15 yanvardagi tegişli qarorida keltirib ötilgan.
Qarorga köra, 2026 yil 1 fevraldan boşlab “Kitob — ma’rifat manbai” dasturi amalga oşiriladi. Davlat organlarining kitob va kitobxonlik haqidagi reklamalari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinadi. Şuningdek, transport infratuzilmasi obektlari va transport vositalarida (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) simsiz yoki mobil internet tarmoği orqali “Mutolaa” platformasidan foydalaniş imkoniyatlari yaratiladi, qulaylik uçun QR kodlar örnatiladi.
Bundan taşqari, qaror bilan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim muassasalarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari taşkil etiş közda tutilgan. Unga köra, “Jadidlar izidan” kitobxonlik klubi a’zolari örtasida kitob tahliliga bağişlangan debatlar ötkaziladi, maktablarda “Jadidlar izidan” klubi a’zolariga yiliga kamida 20 ta kitob öqitib boriladi. Har çorakda tuman (şahar) kesimida eng faol “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari a’zolari Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tomonidan rağbatlantiriladi.
Professional tutingan oila xizmati yölga qöyiladi
2025 yil 24 dekabrda davlat rahbarining “2026 — 2030 yillarga möljallangan Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş strategiyasini tasdiqlaş töğrisida”gi farmoni qabul qilingandi.
Farmonga köra, 2026 yil 1 fevraldan boşlab zöravonlik natijasida oilasidan olingan va öziga nisbatan zöravonlik sodir etilişi xavfi ostida bölgan, şuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bölgan bolalar uçun professional tutingan oila xizmati yölga qöyiladi.
Bunda:
- professional tutingan oilani taşkil etişga nomzodlar zöravonlikdan jabrlangan va öziga nisbatan zöravonlik sodir etilişi xavfi ostida bölgan, şuningdek, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bölgan bolalardagi zöravonlik natijasida olingan ruhiy jarohatning salbiy ta’sirini kamaytiriş, xulq-atvoridagi oğişişlarni yoki oila a’zolari, tengdoşlari bilan munosabatlaridagi buzilişlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etişga qaratilgan ijtimoiy-reabilitatsiya dasturlari asosida öqitiladi;
- zöravonlik natijasida oilasidan olingan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar professional tutingan oilaga «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari va mazkur oilalar örtasida tuzilgan şartnoma asosida joylaştiriladi;
- professional tutingan oilaga har bir joylaştirilgan bolani parvarişlaş uçun har oyda Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan mehnatga haq tölaş eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida mablağ tölab boriladi;
- professional tutingan oilaga joylaştirilgan har bir bolaning yaşaş xarajatlari uçun Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan qonunçilik hujjatlariga muvofiq oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvçilarining yaşaş xarajatlari uçun belgilangan miqdorlarda mablağ ajratiladi.
Dastlab Qaşqadaryo, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2026 yil yakuniga qadar respublikaning boşqa hududlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uçun Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimida kiçik hajmli ijtimoiy kömak markazlari faoliyati yölga qöyiladi. Jinsiy zöravonlikdan jabrlanganligi tufayli oilasidan olingan bolalar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan Ayollarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş respublika markazining hududiy markazlariga ham boşqalardan alohida joylaştirilişi mumkin.
Şuningdek, Içki işlar vazirligi, Boş prokuratura, Oliy sud, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Adliya vazirligi 2026 yil 1 fevraldan boşlab reja-grafik asosida zöravonlikdan jabrlangan bolalar bilan protsessual harakatlar davomida işlaşga mas’ul bölgan suriştiruvçi, tergovçi, prokuror va sudyalar, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimi xodimlari, şuningdek, advokatlarning suriştiruv, dastlabki tergov va sud protsessida bolalar bilan işlaşning maxsus usullariga oid kasbiy tayyorgarligi va malakasini oşiriş uçun milliy va xorijiy ekspert hamda mutaxassislarni jalb etgan holda qisqa muddatli kurslarda öqitilişini taşkil etadi.
“Keksa” maşinalarga taqiq
Yöl harakati xavfsizligi sohasida raqamlaştiriş jarayonlari kengaytiriladi. Qator yangi tartiblar joriy etilib, ayrim talablar bekor qilinadi. Bu haqda Hukumatning tegişli qarorida keltirib ötildi.
Qarorga köra, Jamoat xavfsizligi departamenti Yöl harakati xavfsizligi xizmati axborot tizimidagi Ma'muriy amaliyot moduli mas’ul vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiya qilinadi.
2026 yil 1 fevraldan boşlab:
- umumiy vazni (yuki bilan) 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, kon, şaxta va karerlarda qöllanadigan maxsus transportlar, yuridik şaxslarga tegişli yönalişsiz taksilar, şuningdek, “antikvar” avtomototransportlar uçun alohida seriyali davlat raqam belgilari joriy etiladi;
- işlab çiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bölgan transport vositalaridan foydalaniş va ularni qayta röyxatga oliş taqiqlanadi, bunday transportlar davlat röyxatidan çiqariladi.
Şu bilan birga, avtomototransport röyxatdan ötkazilganligi töğrisidagi guvohnomada mulkdorning manzilini körsatiş talabi bekor qilinadi. Avtomototransportni davlat röyxatidan ötkaziş jarayonida quyidagi hujjatlar vakolatli organlardan idoralararo elektron hamkorlik orqali olinadi:
- avtomototransport oldi-sotdi şartnomasi;
- “Elektron onlayn auksionlarni taşkil etiş” AJ tomonidan berilgan auksion bayonnomalari;
- davlat uluşi mavjud korxonalar tomonidan işlab çiqarilgan transportlarga oid elektron hisob-ma’lumotlar;
- avtomototransport mulkdori haqidagi ma’lumotlar.
“Davlat ta’minotidagi oila”lar uçun yordam
2026 yil 1 fevraldan boşlab “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambağal oilalar reyestri negizida yagona Ijtimoiy reyestr yuritiladi. Bunda Ijtimoiy reyestr “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritilib, davlat ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari taqdim etiladigan oilalar (şaxslar)ni aniqlaş va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholaş vazifalarini bajaradi.
Ijtimoiy reyestrda oilalar ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib çiqib, “davlat ta’minotidagi oila”, “kambağal oila” va “kambağallik çegarasidagi oila” toifalariga ajratiladi.
2026 yil 1 fevraldan boşlab “Davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalar uçun quyidagilarni öz içiga olgan ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi:
- uşbu oilalar xonadoniga quvvati 7 — 10 kVtlik quyoş panellarini örnatiş uçun Kambağallikni qisqartiriş davlat maqsadli jamğarmasidan bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravarigaça miqdorda subsidiya ajratiladi;
- uşbu oilalarga Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasida tijorat banklari orqali 4 yilgaça muddatga bazaviy hisoblaş miqdorining 75 baravarigaça miqdorda quyidagi maqsad va şartlarda kredit ajratiladi:
- kredit oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta’minlaş, tadbirkorlik faoliyatini boşlaş yoki kengaytiriş, şu jumladan, çorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, köçma dökonlar (food truck), motoroller, skuter va boşqa asosiy vositalarni sotib oliş yoki issiqxona quriş uçun ajratiladi;
- kredit bir yillik imtiyozli davr bilan «davlat ta’minotidagi oila» toifasidagi oila a’zosining ijtimoiy kartasiga ötkaziladi;
- kredit foiz stavkasi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantiriş dasturi doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi va foiz tölovlari Kambağallikni qisqartiriş davlat maqsadli jamğarmasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablağlar hisobidan tijorat banklariga qoplab boriladi.
Oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritiş, toifalarini belgilaş va undan çiqarişga doir nizolarni tezkorlikda hal etiş maqsadida 2026 yil 1 fevraldan boşlab tuman (şahar) hokimliklari huzurida apellyatsiya kengaşi taşkil etiladi. Apellyatsiya kengaşi öz faoliyatini davlat organlari, boşqa taşkilotlar va mansabdor şaxslardan mustaqil amalga oşiradi. Apellyatsiya kengaşi oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritiş böyiça dalolatnoma va xulosalarni qisman yoki töliq bekor qiliş yoxud ularga özgartiriş kiritiş böyiça “mahalla yettiligi”ga majburiyat yuklaş haqida qarorlar qabul qiladi.
Şuningdek, 2026 yil 1 fevraldan boşlab tajriba-sinov tariqasida Toşkent şahri va Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida, 2026 yil 1 iyuldan boşlab respublikaning qolgan hududlarida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning vakillari bölgan jismoniy şaxslarga qonunçilik hujjatlarida belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni belgilangan miqdor doirasida xarid qilişda tölangan qöşilgan qiymat soliği summasini bir iş kunida qaytariş yölga qöyiladi. Bunda uşbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid çekining fiskal belgisini matritsali ştrix kod (QR-kod) yordamida skanerlaş talab etilmaydi.
Boşqa özgarişlar
2026 yil 1 fevraldan boşlab:
- jismoniy şaxslarga identifikatsiyalovçi ID kartalar birinçi marotaba rasmiylaştirilganda uning çipiga kiritiladigan elektron raqamli imzo sertifikatini bepul beriş hamda fuqaroni «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvçilarini identifikatsiyalaş yagona axborot tizimida avtomatik tarzda bepul röyxatdan ötkaziş yölga qöyiladi;
- buyurtmaçilar va işlab çiqaruvçilarga tegişliligi böyiça quriliş obekti va işlab çiqariş korxonalarida xavfliligi aniqlangan, vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda muomaladan çiqarişga majburiy körsatma berilgan quriliş materiallarini quriliş çiqindilarini qayta işlaşga ixtisoslaşgan korxonalar yoki çiqindi poligonlariga şartnoma doirasida yuboriş majburiyati yuklanadi;
- «Oçiq budjet» axborot portalida ovoz beruvçilar portretini öz içiga olgan ma’lumotlar bazasi şakllantiriladi;
- Kambağal oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi yoşlarga safarbarlik çaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul ötaş tartibi joriy etiladi hamda uşbu maqsad uçun subsidiya ajratiş tartibi bekor qilinadi. Bunda harbiy xizmat bilan boğliq xarajatlar Mudofaa vazirligining «Safarbarlik çaqiruvi rezervi mablağlari» maxsus hisobvarağidan amalga oşiriladi hamda harbiy xizmatni ötab kelgan yoşlar bandligini ta’minlaş çoralari köriladi;
- çet el fuqarolari tomonidan Özbekiston hududidan çiqib ketişda avval xarid qilingan tovarlar uçun tölangan qöşilgan qiymat soliği summasini qaytariş ularning xohişiga köra naqd pul şaklida amalga oşirilişi mumkin;
- Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi bilan birgalikda zilzilabardoşlik böyiça ilmiy xulosalar beriş «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimiga integratsiya qilinadi. Zilzilabardoşlik böyiça ilmiy xulosalar «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimiga joylaştirib boriladi hamda ularning elektron reyestrini yuritiş yölga qöyiladi;
- «A» va «B» toifadagi transport vositalarini boşqariş huquqini oliş uçun talabgorlar haydovçilarni tayyorlaş böyiça majburiy öquv dasturining nazariy qismini mustaqil özlaştirişi mumkin böladi;
- «Yoşlar daftari» jamğarmasidan körsatiladigan ijtimoiy yordamlar böyiça arizalarni taqdim etiş, ularni körib çiqiş natijasi böyiça qaror qabul qiliş bilan boğliq barça ma’muriy tartib-taomillar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Yoşlar yagona elektron platformasi orqali amalga oşiriladi;
- taşabbusli budjet jarayonlari doirasida ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat örtasida şeriklik asosida moliyalaştiriş amaliyoti joriy etiladi.











