Qayd etilişiça, Yusupov Bahrom Muzaffaroviç Jizzax viloyati hokimining toğli hududlar va yaylovlarni rivojlantiriş, investitsiya va savdo masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Uşbu yönaliş doirasida hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini oşiriş, turizm va qişloq xöjaligi infratuzilmasini rivojlantiriş, yaylovlardan samarali foydalaniş hamda savdo aloqalarini kengaytirişga qaratilgan işlar amalga oşirilişi kutilmoqda.
Tayinlovga qadar u Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bölim boşliği sifatida işlab kelgan.
Şuningdek, Egamov Bekzod Abduvaliyeviç Jizzax viloyati hokimining daşt va çöl hududlarda sanoatni rivojlantiriş, investitsiya va savdo masalalari böyiça örinbosari etib tayinlandi.

Mazkur lavozim doirasida sanoat zonalarini taşkil etiş, işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb qiliş hamda eksport salohiyatini kengaytiriş kabi vazifalar ustuvor hisoblanadi.
U ham tayinlovga qadar vazirlik tizimida bölim boşliği lavozimida faoliyat yuritgan.
Yangi tayinlovlar viloyatda investitsiya va savdo sohalarida tizimli islohotlarni çuqurlaştiriş, hududlarning iqtisodiy salohiyatini töliq işga soliş va yangi iş örinlarini yaratişga xizmat qiladi.











