Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Hindistonda aniqlangan Nipah virusi bilan kasallaniş holatlari tufayli sayohat va savdoga çeklovlar qöyişni tavsiya qilmadi.
Yanvar oyida Ğarbiy Bengaliya ştatida ikkita tasdiqlangan infeksiya holati qayd etildi. JSST ma’lumotlariga köra, xususiy şifoxonalardan birining ikki nafar tibbiyot xodimiga infeksiya yuqqan. Hindiston hukumati ular bilan yaqin aloqada bölgan 200 nafar şaxsni kuzatdi, yangi kasallaniş holatlari aniqlanmadi. Mutaxassislar virusning odamdan-odamga barqaror yuqişi alomatlarini qayd etmadi.
«Infeksiya tarqalişining mintaqaviy va global xavfi past baholanmoqda», deb qayd etdi JSST.
Taşkilot hozirgi ma’lumotlarga asoslanib, xalqaro sayohatlar yoki savdoga çeklovlar qöyiş tavsiya etilmasligini ta’kidladi.
Nipah virusi kamdan-kam uçraydigan, ammo xavfli infeksiya bölib, hayvonlardan odamlarga, ba’zi hollarda esa odamlar örtasida yaqin aloqada yuqadi. JSST ma’lumotlariga köra, vaksinalar va maxsus davolaş usullari mavjud emas va turli epidemiyalarda ölim darajasi 40-75 foizga yetgan.
Avvalroq taşkilot Nipah virusini jiddiy xalqaro epidemiyalarni keltirib çiqarişi mumkin bölgan patogenlar röyxatiga kiritgan edi.
Hindistondan kelgan xabarlar fonida Qirğiziston, Qozoğiston va Özbekiston ham çegara ötkaziş punktlarida tibbiy nazoratni kuçaytirdi.












