Xabarga köra, yanvar oxirida Olmaota politsiyasi Kaçkurkinga nisbatan ikki ma’muriy bayonnoma tuzgan: yölni belgilanmagan joydan kesib ötgani va yopiq joyda çekkani uçun. “Pervyy otdel” har ikki hujjat tuşunarsiz tuzilganini ta’kidlaydi. Şu hujjatlar asosida sud Kaçkurkinni “Qozoğiston qonunlari va suverenitetiga hurmatsizlik” va “huquqbuzarliklarni töxtatiş hamda oldini oliş” zarurati bilan mamlakatdan çiqarib yuboriş haqida qaror qabul qilgan. Huquq himoyaçilari qayd etişiça, bayonnomalar tuzilganidan to deportatsiyagaça bor-yöği bir neça soat ötgan, holbuki odatda bunday tartib-taomil haftalar, hatto oylar davom etişi mumkin.
Samolyot Rossiyaga qöngandan söng Kaçkurkin uşlangan va sudga olib borilgan. Şanba, 31 yanvar kuni TASS agentligi Moskvadagi Meşçanskiy sudi “davlatga xiyonat” haqidagi jinoyat işi doirasida “Kaçkurkin” familiyali Rossiya fuqarosini tergov izolyatoriga jönatganini xabar qildi. Tafsilotlar keltirilmagan. Sud majlisi yopiq tarzda ötkazilgan.
“Pervyy otdel” yozişiça, davlatga xiyonat ayblovi Ukrainaga qilingan pul ötkazmalari bilan boğliq. Bu modda böyiça Kaçkurkinga jazo sifatida hatto umrbod ozodlikdan mahrum qiliş ham tahdid qiladi. Gumonlanuvçi aybni yoki pul ötkazmalari bölgani faktini tan olganmi-yöqmi — bu haqda xabar berilmadi. Şu bilan birga, loyiha 2025 yildagi “davlatga xiyonat”, “josuslik” va “xorijiy davlat bilan maxfiy hamkorlik” ayblovlarining 10 foizi Ukrainaga pul ötkazmalari bilan boğliq bölganini qayd etadi.
Huquq himoyaçilari ma’lumotlariga köra, Aleksandr Kaçkurkin — Ukraina fuqarosi, u Qrimda tuğilib ösgan. 2014 yilda yarimorol qöşib olinganidan keyin unga “Rossiya fuqaroligi majburan yuklatilgan”, deb körsatadi “Pervyy otdel”. Keyinçalik u siyosiy sabablarga köra Qozoğistonga köçib ötgan. Kaçkurkin Olmaotada yaşagan va IT sohasida muhandis hamda işlab çiquvçi bölib işlagan. Xabar qilinişiça, boşqa işlar qatorida u GPT til modellarini yaratuvçi kompaniya — OpenAI bilan ham hamkorlik qilgan.












