Amerikaning Moody's reyting agentligiga köra, sönggi oylarda RFdan xom neft importi qisqargan bölsa-da, Hindistonning Rossiya neftini töliq va zudlik bilan töxtatişi ehtimoli past. Reuters keltirgan hisobotda bu qadam “Hindiston iqtisodiy ösişiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin”ligi qayd etilgan.

Reuters ikki manbaga tayanib yozişiça, hind neftni qayta işlaş zavodlari (NQZ)ga RFdan importni töxtatiş uçun işlab çiqarişni bosqiçma-bosqiç qisqartirişga ma’lum vaqt kerak böladi. Şu bilan birga, Nyu-Dehli hukumati hali bunday körsatma bermagan.

Avvalroq Donald Tramp Hindiston boş vaziri Narendra Modi u bilan suhbatda Rossiya neftini xarid qilişni töxtatişga rozi bölganini aytgan. Tramp versiyasiga köra, Hindiston AQŞdan va ehtimol Venesueladan neft xaridini oşirişga tayyor.

“Bu hozir davom etayotgan va har hafta minglab odamlar hayotiga zomin bölayotgan Ukrainadagi uruşni töxtatişga yordam beradi!” — deb yozdi Tramp Truth Social platformasida. Şuningdek, u Vaşington Hindiston uçun boj stavkasini 25 foizdan 18 foizga tuşirişga rozi bölganini ta’kidladi.

Modi esa X ijtimoiy tarmoğida AQŞ yetakçisi bilan “ajoyib” suhbat bölganini yozdi. “Ikki yirik iqtisodiyot va dunyoning eng yirik demokratiyalari birgalikda işlasa, bu xalqlarimiz uçun foyda keltiradi va özaro manfaatli hamkorlik uçun ulkan imkoniyatlar oçadi”, — dedi u.

Oktyabr oyida AQŞ Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar joriy etgan va buni Moskva Ukrainaga qarşi boşlagan uruşni tugatiş böyiça tinçlik jarayoniga jiddiy qiziqiş bildirmayotgani bilan izohlagan. Qora röyxatga Rossiyaning ikki yirik neft kompaniyasi — "Rosneft" va "Lukoyl", şuningdek ularning Rossiya hududidagi şu’ba korxonalari kiritilgan.

Sanksiyalarni buzganlik uçun AQŞ fuqarolari va xorijiy fuqarolarga nisbatan fuqaroviy-huquqiy yoki jinoiy çoralar qöllanişi mumkinligi bildirilgan. Şundan söng Xitoy va Hindiston Rossiya neftini import qilişni keskin qisqartirişi haqida xabarlar tarqalgan.