Sayyor soliq tekşiruvi böyiça soliq tölovçilarga qator yengilliklar berildi. Xususan, sayyor tekşiruv natijalariga köra qöllanilgan jarimani 6 oyga bölib tölaş imkoniyati yaratildi.
Şu bilan birga, soliq auditi ötkazilgan yoki ötkazilayotgan soliq davri uçun tekşiruvdan oldingi tahlil (“Avtokameral” tizimidan) ötkazilmasligi belgilandi.
Kameral soliq tekşiruvlari tartibida ham bir qator çeklov va majburiyatlar joriy etildi. Jumladan, aynan bitta soliq (hisobot) davri uçun aynan bir xil soliqlar böyiça qayta kameral soliq tekşiruvini ötkazişga yöl qöyilmaydi. Faqat kameral tekşiruv jarayonida soliq organiga avval ma’lum bölmagan yangi holatlar aniqlansa, bundan mustasno etiladi.
Şuningdek, kameral tekşiruvlarda aniqlangan tafovutni asoslaş maqsadida soliq tölovçi qöşimça hujjatlar taqdim etgan taqdirda, soliq organlari ularni majburiy tartibda körib çiqişi şart etib belgilandi.
Yana bir muhim yangilikka köra, kameral soliq tekşiruvida aniqlangan huquqbuzarliklar soliq tölovçi tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilsa va soliqlar, yiğimlar hamda penyalar töliq tölansa, mansabdor şaxslar jinoiy yoki boşqa javobgarlikdan ozod qilinişi nazarda tutildi.












