Farmonga köra, 2026 yil 1 apreldan muvofiqlikni baholaş organlari tomonidan akkreditatsiya sohasida körsatilgan pulli xizmatlar tuşumidan ajratmalar 2,5 barobarga kamaytirilib, 2 foiz miqdorida belgilanadi va mazkur mablağlar töliq Özbekiston akkreditatsiya markazi ixtiyorida qoldiriladi.
Şuningdek, tadbirkorlar tomonidan 2 va undan ortiq akkreditatsiyadan ötgan holda muvofiqlikni baholaş xizmatlari yölga qöyilgan sohada davlat organlari va taşkilotlari tomonidan yangi sinov laboratoriyalari va sertifikatlaş organlari taşkil etilişiga yöl qöyilmaydi.
Muvofiqlikni baholaş organlariga Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiyadan ötgan holda eksport bozorlarida talab etiladigan xorijiy standartlar asosida baholaş işlarini amalga oşirişga ham ruxsat beriladi.
Bundan taşqari, iqtisodiyotning qator tarmoqlarida işlab çiqariş va xizmat körsatiş bosqiçma-bosqiç töliq xalqaro standartlar asosida taşkil etiladi:
- 2026 yil 1 iyuldan — töqimaçilik, çarm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik va axborot texnologiyalari sohalarida;
- 2027 yil 1 yanvardan — neft va gaz, metallurgiya, transport, quriliş mahsulotlari va tibbiy buyumlar sohalarida;
- 2028 yil 1 yanvardan — energetika, kimyo, ekologiya va xizmat körsatiş sohalarida.
Mazkur çoralar milliy sifat infratuzilmasini rivojlantiriş, eksport imkoniyatlarini kengaytiriş hamda tadbirkorlik faoliyati uçun qulay şaroitlar yaratişga qaratilgan.












