Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, investitsiya va bandlikni oşiriş, mahallalarda zamonaviy infratuzilma yaratiş masalalari böyiça ötkazilgan yiğilişda tadbirkorlik uçun xavfsizlik masalasi muhim ekaniga eʼtibor qaratildi.
Agar hokimiyat tartibni taʼminlay olmasa, faqat iqtisodiy yönalişdagi işlarning özi yetarli emasligi qayd etilgan.
Prezident tinçlik va osoyiştalikni saqlaş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlar yanada jadal işlaşi kerakligini taʼkidlab, içki işlar vaziri Aziz Toşpölatovga jinoyatçilikni jilovlaş böyiça köproq işlaş vazifasini qöygan.
«Jinoyatni jilovlamagunimizça, işning barakasi bölmaydi, tadbirkor kelmaydi. Mana şuni bilinglar.
Har bir tadbirkor, kompaniya oldin Özbekistonning xaritasini biladi, lekin jinoyatini jilovlanganmi, yöqmi... içki işlar vaziri mana şuni inobatga olişi kerak.
Hammalaring şuni bilinglar. Kiçkina iş qilmayapsizlar. Öylamanglar, vaqtinça iş qilaman deb. Bitta narsani bilinglar, şukronalar deyişimiz kerak bu tinçlikka. Lekin ikki karra köp işlaşimiz kerak, xalqimiz tinç yaşaşi uçun. Tinç, bemalol uyida, emin-erkin, qörqmasdan, heç kimdan.
Birorta ğödaygan boyvaçça paydo bölsa, birortangni keçirmayman. Mana şuni bilgin hammang. Davlat bölişi kerak. Ana şunda bizda birdamlik böladi, hamjihatlik böladi, odamlar bizga işonadi», –degan Şavkat Mirziyoyev «Özbekiston 24» telekanali syujetida.


Şuningdek, hozirgi şaroitda har bir tuman va mahalla imkoniyatlaridan töliqroq foydalaniş, investitsiyalarni, qöşilgan qiymatni va yuqori daromadli iş örinlari sonini oşiriş zarurligi taʼkidlangan.
«Har bir tuman hokimi öz hududida aholi va turistlarni magnitdek öziga tortadigan ikkitadan yirik savdo kompleksi yoki moll taşkil etişi kerak», – degan prezident.
Toşkent şahri hokimi Şavkat Umurzoqov va 12 ta tuman hokimlariga 1-oktabrgaça aniq maydonlar, investorlar va moliyalaştiriş manbalarini aniqlaş böyiça topşiriq berilgan.

















