«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi Qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra, tadbirkorlik sub’yektlarining ijtimoiy, ekologik muammolarni hal etişga yoki ularning oqibatlarini yumşatişga qaratilgan faoliyati ijtimoiy tadbirkorlik deb e’tirof etilişi belgilandi.

Ijtimoiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş quyidagi şakllarda amalga oşiriladi:

  • imtiyozlar va preferensiyalar beriş;

  • ijtimoiy loyihalarga doir xarajatlarni subsidiyalaş;

  • davlat ijtimoiy buyurtmasini joylaştiriş;

  • moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş;

  • xodimlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş;

  • maslahat beriş, uslubiy yordam körsatiş va axborot jihatidan qöllab-quvvatlaş.

Qonunçilikka rioya etiş bilan bir qatorda barqaror rivojlanişga hissa qöşgan hamda öz faoliyatining inson huquqlariga, atrof-muhitga va jamoat manfaatlariga nisbatan salbiy ta’sirining oldini oliş uçun çoralar körgan holda tadbirkorlikni amalga oşiriş mas’uliyatli biznes yuritiş deb e’tirof etiladi.

Tadbirkorlik sub’yekti tomonidan mas’uliyatli biznes yuritişning asosiy mezonlari quyidagilardan iborat:

  • inson huquqlariga rioya etiş;

  • mehnatga va işlab çiqarişga oid munosabatlar sohasida har qanday qonunga xilof amaliyotga yöl qöymaslik;

  • atrof-muhitni, öz xodimlarining va aholining soğliğini muhofaza qiliş, atrof-muhitga salbiy ta’sir körsatilişining oldini oliş hamda uni bartaraf etiş va boşqalar.