«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi Qonunga kiritilgan qöşimçalarga köra, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun normativ-huquqiy hujjatlar va normativ-texnik hujjatlar bilan belgilangan barça majburiy talablar davlat tomonidan Majburiy talablar reyestriga kiritiladi.

 

Majburiy talablar reyestriga ma’lumotlar tegişli sohadagi vakolatli davlat organlari va taşkilotlari tomonidan kiritiladi.

 

Adliya vazirligi Majburiy talablar reyestrining operatori hisoblanadi.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari Majburiy talablar reyestriga kiritilmagan talablarni bajarmaganlik uçun javobgarlikka tortilmaydi.

Şu bilan birga, tadbirkorlar qonunçilikda belgilangan tartibda energiya manbalariga ulaniş va ulardan foydalaniş huquqiga egaligi belgilandi.

 

Tadbirkorlar zimmasiga yangi majburiyat, talab, taqiq, javobgarlik yoki boşqa çeklovlar yuklatilişini nazarda tutuvçi normativ hujjatlar loyihalari bevosita tadbirkorlar hamda ular birlaşmalari iştirokida muhokama qilinişi közda tutildi.

 

Tadbirkorlik sub’yektining faoliyati quyidagi hollarda töxtatib turilişi mumkin:

  • özining arizasiga asosan;

  • 10 iş kunidan ortiq bölmagan muddatga – nazorat qiluvçi organlar tomonidan;

  • 10 iş kunidan ortiq, lekin 6 oydan köp bölmagan muddatga – sud tomonidan.

 

Uşbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.