Jyenevada Rossiya, Ukraina va AQŞ örtasidagi muzokaralar yakunlandi. 18 fevral kungi uçraşuv ikki soatga yaqin vaqt davom etdi. Bir kun oldingi muzokaralar olti soatga çözilgandi.

Rossiya muzokaraçilari guruhi rahbari, RF prezidenti yordamçisi Vladimir Medinskiy muzokaralar «oğir, lekin işçan ruhda ötgani»ni aytdi. Medinskiyning sözlariga köra, keyingi uçraşuv ham yaqin vaqtlar içida ötkaziladi.

BBC rus xizmati qayd etişiça, köp ötmay RF prezidenti yordamçisi muzokaralar ötkazilgan mehmonxonaga qaytib kelgan, bu vaqtda ukrain delegatsiyasi hali ham şu yerda edi. U qöşimça izoh bermagan; qöşimça uçraşuv haqida rasman xabar berilmagan.

Ukraina delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov rasmiy qism yakunida «ilgarilaş borligi»ni aytdi, ammo detallarni oçiqlamasligini qayd etdi. Uning sözlariga köra, muzokaralar iştirokçilari kelişuvlarni prezidentlarga körib çiqişga topşiriş uçun «zarur darajaga erişiş»ga harakat qilmoqda.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy texnik harbiy masalalarni muhokama qilişda «uçala tomon ham konstruktiv bölgani», siyosiy yönalişdagi «muzokaralar esa oson keçmagani»ni aytgan. «Muloqot ötkazildi, davom ettirişga kelişildi», – degan u detallarni oçiqlamasdan.

BBC rus xizmati manbasi xabar berişiça, muzokaralar iştirokçilari bir kun oldin ikki guruhga – siyosiy va harbiy masalalarni muhokama qiluvçi alohida guruhlarga bölingandi.

Birinçi guruh uruşni töxtatiş şartlari – hududlarga kim egalik qilişi va xavfsizlik kafolatlari masalasini muhokama qiladi.

Harbiy guruh jangovar harakatlarni töxtatişning texnik realizatsiyasini muhokama qilmoqda: qöşinlarni qanday joylaştiriş, töqnaşuv çiziğida monitoringni qanday amalga oşiriş, ehtimoliy qoidabuzarliklarni qanday qayd etiş.

BBC rus xizmati manbasi «harbiy» guruh muhokama qilayotgan masalalar texnik bölsa-da, bu formatning ahamiyatini e’tibordan çetda qoldirmaslik kerakligini ta’kidlaydi: siyosiy kelişuvlarga erişilgandan söng darhol öt oçişni töxtatiş uçun bularning barçasi oldindan hal qilinişi kerak böladi.

«Agar „harbiylar harbiylar bilan“ formati oldindan kerakli qarorlarni qabul qilmasa, nima bölişini tasavvur qiling: siyosiy qaror qabul qilingan, keyin esa harbiylar qançadir vaqt davomida bor kuçi bilan işlaşiga töğri keladi», – deya izohlaydi u.

Zelenskiy muzokaralarning birinçi kuniga bağişlangan boşqa navbatdagi izohida Moskvani muzokaralarni çözişda aybladi. «Keça çindan ham qiyin uçraşuvlar böldi, aytiş mumkinki, Rossiya allaqaçon yakuniy bosqiçga çiqişi mumkin bölgan muzokaralarni çözişga harakat qilmoqda», – dedi u.

Birinçi kun yakunida Axios muxbiri Barak Ravid X ijtimoiy tarmoğida ikki manbaga tayanib, siyosiy qism böyiça muzokaralar «boşi berk köçaga kirib qolgani» haqida yozdi. Bunga Medinskiyning pozitsiyasi sabab bölgani aytilgan. Bu pozitsiya aynan nimadan iborat ekaniga manbalar aniqlik kiritmagan.

Manbalardan birining aytişiça, rossiyaliklar ham Zelenskiyning sönggi ommaviy bayonotlaridan şikoyat qilişgan (aynan qanday bayonot ekaniga yana aniqlik kiritilmagan), ularning fikriça, Ukraina prezidenti uruş tugaşidan köra, ehtimoliy saylovlar arafasida mamlakat içkarisida öz obrösini oşiriş haqida köproq qayğurmoqda.

Ravidning posti Axios saytida Ukraina prezidenti Zelenskiy bilan muzokaralarning birinçi kunida olingan intervyu çiqişidan köp ötmay paydo böldi. Suhbat çoğida Zelenskiy Medinskiyning muzokaralar guruhiga qaytganini tanqid qilib, u uruşning «tarixiy ildizlari» haqida falsafa söqişni yaxşi körişini, hozir esa tezkor harakat qiliş kerakligini ta’kidlagan.

«Bu bema’ni işlarga vaqtimiz yöq. Biz qaror qabul qilişimiz va uruşni tugatişimiz kerak», – degan Ukraina prezidenti. Zelenskiy intervyu davomida bölajak saylovlarda nomzod bölişi mumkinligini istisno qilmagan, holbuki u sentabr oyida uruş tugaganidan keyin siyosatdan ketişini aytgandi.

Zelenskiy hududlar masalasini hal qiliş uçun (Rossiya butun Donbass ustidan nazoratni talab qilmoqda) u va Vladimir Putin örtasida uçraşuv ötkaziş eng töğri yöl bölişi haqidagi pozitsiyasini takrorlagan. U öz vakillariga bunday uçraşuv böyiça kelişuvga erişiş böyiça topşiriq bergan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa Jyenevada bu masala muhokama qilinganmi, deya berilgan savolga javob berişdan boş tortdi.