19 fevral kuni CNN va CBS öz manbalariga tayanib, AQŞ şanba kuniyoq Eron böylab zarbalar berişi mumkinligini xabar qildi. Manbalar AQŞ prezidenti Donald Tramp hali yakuniy qarorni qabul qilmaganini qayd etişgan: u öz maslahatçilari bilan hujumni oqlovçi va unga qarşi argumentlarni muhokama qilmoqda va ehtimoliy hujum haqida «köp öylamoqda». Bu xabarlar fonida Tramp Eron bilan bitim tuzilişi yoki AQŞ kuç işlatişiga töğri kelişi 10 kun içida ma’lum bölişini aytib çiqdi.
CNN ma’lumotiga köra, 18 fevral kuni Oq uyda ma’muriyatning milliy xavfsizlik masalalari böyiça yuqori lavozimli mulozimlari Erondagi vaziyat böyiça yiğiliş ötkazgan. Yiğilişda maxsus vakil Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşner AQŞ prezidentiga seşanba kuni Jyenevada Eron delegatsiyasi bilan bölib ötgan muzokaralar natijalari haqida sözlab bergan.
Oq uyda eskalatsiya xavfini ham, zarba bermaslik qarorining oqibatlari ham baholamoqda. Ehtimoliy qarşi hujumlar arafasida Pentagon Yaqin Şarqdagi xodimlarining bir qismini AQŞ va Yevropa mamlakatlariga olib ötişni boşladi. CBS’ning aniqlik kiritişiça, bu ehtimoliy harbiy harakatlar holatida Pentagonning odatiy amaliyotidir: ya’ni bu Eronga zarba muqarrar degani emas. Idora vakillari bu borada rasmiy izoh berişdan boş tortdi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt çorşanba kungi brifingda ötgan yil yozida Eronning uranni boyitiş bilan şuğullangan uçta zavodi AQŞ tomonidan yöq qilinişi bilan yakunlangan «muvaffaqiyatli amaliyot» haqida eslatib ötdi. Ammo u Tramp masalani hal qilişda birinçi navbatda diplomatik yölga murojaat qilişi va Eron hukumat AQŞ prezidenti bilan kelişuvga borişi «oqilona qaror» bölişini qayd etgan.
CNN ma’lumotiga köra, 28 fevral kuni davlat kotibi Marko Rubio va Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu uçraşişi hamda uni Eron bilan muzokaralar borişidan xabardor qiliş rejalaştirilgan. Levitt AQŞ Eronga zarba beriş böyiça qarorni Isroil bilan birgalikda qabul qiladimi, degan savolga javob berişdan boş tortdi.
Axios naşri esa manbaga tayanib şundan xabar berdi: agar Tramp baribir Eronga yana zarba berişga qaror qiladigan bölsa, bu bir neça hafta davom etadigan yirik va tölaqonli harbiy operatsiyaga aylanadi.

Saul Loeb / Getty Images
Pozitiv muzokaralar va tahdidli bosim
Muzokaralarning ikkinçi raundi oldidan prezident Tramp Eron yadro dasturi böyiça kelişuv tuzişni istaşini aytgandi. U Tehron ötgan yilgi vaziyat takrorlanişini istamasligini ta’kidladi: öşanda Tramp diplomatik yeçim yöq degan qarorga kelib, Eronning yadroviy obektlariga zarba berişni buyurgandi.
Öşanda Tehron urandan faqat tinç maqsadlarda foydalanayotganini ta’kidlagandi. Ammo Xalqaro atom energetikasi agentligiga köra, Eron allaqaçon 408 kg miqdoridagi boyitilgan uran töplagan – Vaşington Eron uni boşqa mamlakatga brişni hamda uranni boyitiş işlarini butunlay töxtatişni talab qilmoqda. Rossiya bu uranni qabul qilişga qiziqiş bildirgan, uşbu davlat 2015 yilda köp tomonlama kelişuv böyiça 11 ming kg miqdoridagi kamroq boyitilgan moddalarni qabul qilgandi.
Mamlakatlar örtasidagi muzokaralar joriy yilning fevral oyi boşida Ömonda qayta tiklandi. AQŞ davlat kotibi Marko Rubio uçraşuv faqat yadro masalasiga taalluqli bölmasligi kerakligini aytgan. «Muzokaralar aniq bir narsaga olib kelişi uçun ular muayyan masalalarni, jumladan, ularning [Eronning] yadroviy dasturini çeklaşni, ballistik raketalarning harakatlaniş masofasini va butun mintaqa böylab terrorçilik taşkilotlarini qöllab-quvvatlaşni qisqartirişni, şuningdek, mamlakat xalqiga munosabatini qamrab olişi kerak», – degan Rubio.
Öz navbatida, Eron sanksiyalar bekor qilinişiga erişmoqçi.
Jyenevadagi muzokaralarning ikkinçi raundidan söng Eron mudofaa vazirligi AQŞning hozirgi talablarini «realroq» deb atadi.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçining aytişiça, uçraşuv çoğida vakillar ehtimoliy yadroviy bitimning «asosiy prinsiplari» böyiça kelişib olişga muvaffaq bölgan. U muzokaralarni «jiddiy, konstruktiv va ijobiy» deb atadi va iştirokçilar kelişuv matni ustida işlaşni boşlaşiga va’da berdi. «Bu kelişuvga tezda erişa olamiz degani emas, lekin heç bölmaganda boşlandi», – deya qayd etgan vazir.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Jyenevadagi muzokaralarda tomonlar biroz oldinga siljişga muvaffaq bölganini tasdiqladi, şu bilan birga, qator muhim masalalar böyiça pozitsiyalar hamon keskin farqlanadi. AQŞ ma’muriyati Eron vakillari bir neça haftadan söng kelişuv böyiça köproq tafsilotlarni muhokama qiliş uçun qaytişini kutmoqda.
AQŞ prezidenti Eronga oşkora tahdidlar bilan faol bosim ötkazmoqda: yanvar oyi boşidan beri Tramp nafaqat yadroviy kelişuv tufayli, balki hukumatga qarşi namoyişlarning şafqatsizlarça bostirilişi tufayli ham tahdid qildi. U öşanda namoyişçilarni taslim bölmaslikka çaqirgan va «yordam allaqaçon yöldaligi» haqida va’da bergandi, ammo yakunda AQŞ vaziyatga aralaşmadi.
Bunga parallel ravişda yanvar oyi oxirida AQŞ Fors körfazidagi harbiylari sonini oşira boşladi. USS Abraham Lincoln aviataşuvçisi ançadan buyon Eron sohillari yaqinida turibdi. Bundan taşqari, Qöşma Ştatlar köplab qiruvçi samolyotlar hamda harbiy kemalarini, jumladan yirik USS Gerald R Ford aviataşuvçisini ham Yaqin Şarqqa yuborgan.
BBC Verify ma’lumotiga köra, AQŞ Ispaniya janubidagi Rota şahridan Gretsiyaning Krit oroligaça bölgan yölda joylaşgan bazalarda yonilği töldiriş nuqtalarini örnatgan, katta ehtimol bilan, bu Vaşington zarba beriş masalasida bir qarorga kelguniça qiruvçi samolyotlar va boşqa aviatsiya vositalarini qöllab-quvvatlaş maqsadida qilingan.

Sönggi kunlarda AQŞ Yaqin Şarqqa F-35 va F-22 qiruvçilarini olib kelgan. Wall Street Journal naşri yozişiça, Qöşma Ştatlar mintaqada harbiy-havo kuçlarining yirik guruhini töplamoqda, bunaqasi 2003 yilda Iroqqa bostirib kirilganidan buyon kuzatilmagandi.
Öz navbatida, Eron Pikaks Mauntin yadroviy kompleksi tunnellariga kiriş qismlarini mustahkamlamoqda – ekspertlar fikriça, bu uranni boyitiş işlarini himoyalaşga qaratilgan bölişi mumkin.
Keskinlik ösişi fonida Eron va Rossiya maşğulotlari
BBC rus xizmati harbiy şarhlovçisi Ilya Abişev RF harbiy-dengiz floti va Eron harbiy-dengiz kuçlaining qöşma maşğuloti haqida:
Eron harbiy-dengiz kuçlari vakili Hasan Maqsudli 19 fevral kuni Ömon dengizi va Hind okeanining şimoliy qismida Rossiya va Eronning qöşma harbiy-dengiz manyovrlari boşlanişi haqida ma’lum qildi.
Eron rasmiy matbuoti Rossiya prezidenti yordamçisi Nikolay Patruşevga (u Rossiya Federatsiyasi Dengiz kollegiyasi raisi hisoblanadi) tayanib, maşğulotlarda Xitoy floti ham iştirok etişini ma’lum qildi. «Eron, Rossiya va Xitoy kemalari „Dengiz xavfsizlik kamari-2026“ maşğulotlarini ötkaziş uçun Hörmuz böğoziga yuborildi», – deya uning sözlarini keltirgan IRNA agentligi.
Eron, Rossiya va Xitoy 2019 yildan beri jahon dengiz neft savdosining çorak qismidan köproği ötadigan Hörmuz böğozi hududida muntazam ravişda harbiy-dengiz maşğulotlarini ötkazmoqda. Şu sababli, hozirgi vaziyatda ham Xitoy kemalarining ehtimoliy iştiroki şov-şuvli körinmaydi.
Ammo Eron matbuotining sönggi xabarlarida Xitoy kemalari manyovrlar ötkaziladigan joyga harakatlanayotgani haqidagi xabarlar ğoyib bölib qoldi.
Rossiya tomon maşğulotlarda «Stoykiy» korveti iştirok etişini e’lon qilgan, RF mudofaa vazirligi xabariga köra, Bandar-Abbos portida turgan bu kema bir neça kun oldin Ömon körfazi suvlarida Eron floti kemalari bilan birga muvofiqlikda harakatlana boşlagan.
«Stoykiy» korveti – suv siğimi 1800 tonnani taşkil etuvçi, köpmaqsadli bu kema zamonaviy esminetslarga qaraganda uç-tört baravar kiçik.

Torpedalar, artilleriya, 250 km masofagaça uçuvçi X-35 rusumli kemalarga qarşi qanotli raketalar hamda «Redut» zenit-raketa kompleksi bilan jihozlangan bu kema AQŞning aviataşuvçilar guruhiga teng kela olmasligi tayin.
Şu bilan birga, Rossiya kemasining ehtimoliy harbiy mojaro zonasida bölişining özi oldindan aytib bölmaydigan elementni keltirib çiqaradi, çunki diplomatik yeçim topilmasa, mojaroga yadroviy kuçlar tortilişi mumkin. Bu, albatta, Rossiyaning ittifoqçisi bölgan Eronga qöl keladi, Tehron bu ittifoqçisining ramziy bölsa ham qöllab-quvvatlaşiga hozir juda muhtoj.
Wall Street Journal yozişiça, maşğulotlar Abraham Lincoln aviataşuvçisiga yaqin joyda bölib ötmoqda. Şu hafta Eron diniy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy Amerika aviataşuvçisiga tahdid qilgandi. «Aviataşuvçini dengiz tubiga jönatişi mumkin bölgan qurol undan köra xavfliroqdir. U [Tramp] AQŞ armiyasi – dunyodagi eng kuçlisi ekanini aytmoqda. „Dunyodagi eng kuçli armiya“ ba’zida şunday zarba olişi mumkinki, keyin önglana olmaydi», – deyiladi uning X ijtimoiy tarmoğidagi postida, bu postga sun’iy intellekt yordamida Ford aviataşuvçisi okean tubida yotgani tasvirlangan surat qöşilgan.












