Hozirda ta’lim sohasida işlaydigan, prokuror örinbosarining bosimi ortidan nohaq sudlanib, işdan böşatilganini aytgan sobiq IIB xodimi Tal’at Şodmonov Oliy sudga yana taftiş şikoyati berişi mumkin. Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov sobiq xodimga aloqador holat yuzasidan bayonot berdi.

Ma’lum qilinişiça, 1988 yilda tuğilgan, Jomboy tumani IIB XOOB MTP profilaktika inspektori lavozimida işlagan Tal’at Şodmonov JIB Samarqand şahar sudining 2017 yil 3 martdagi hukmiga muvofiq Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 1-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 1-qismi bilan aybli deb topilgan. Unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida işlaş huquqidan mahrum qilgan holda iş haqining 20 foizi davlat daromadi hisobiga uşlab qoliş şarti bilan 2 yil 6 oy axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.

Tal’at Şodmonov Oliy majlis Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi “Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma tört yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisida”gi qarori 2-bandiga asosan tayinlangan asosiy jazodan ozod qilingan.

Samarqand viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2017 yil 11 apreldagi ajrimi bilan birinçi instansiya sudi hukmi, Samarqand viloyat sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasining 2025 yil 8 maydagi ajrimi bilan esa sud qarorlari özgarişsiz qoldirilgan.

“2025 yil 5 avgust kuni Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati sudyasi tomonidan sud qarorlari yuzasidan Tal’at Şodmonovning himoyaçisi keltirgan şikoyat jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati taftiş instansiyasida körib çiqiş uçun asoslar yetarli emasligi sababli rad qilingan.

Ta’kidlaş joizki, Tal’at Şodmonovga oid jinoyat işi yuzasidan çiqarilgan sud qarorlaridan norozi bölib, uning advokati Oliy sud raisi qabulida topşirgan şikoyat iş hujjatlari asosida örganib çiqilgan. Natijada advokatning Tal’at Şodmonovga oid jinoyat işini Oliy sudning jinoyat işlari böyiça sudlov hay’atida köriş haqidagi murojaati qanoatlantirilmasdan qoldirilgan. Bu haqda Oliy sud tomonidan 2025 yil 25 dekabrdagi 13-1158-25-sonli, keyinçalik esa 2026 yil 26 yanvardagi 03-11/26-62-sonli va 19 fevraldagi 03-11/26-14436-sonli xatlar bilan murojaatçiga ma’lum qilingan”, deyiladi bayonotda.

Qöşimça qilinişiça, Tal’at Şodmonovga Oliy sud tomonidan berilgan javob xatlari uning taftiş tartibida takroran şikoyat keltirişiga çeklov qöya olmaydi. Sobiq IIB xodimi Oliy sudga yana taftiş şikoyatini berişi mumkin.

Tal’at Şodmonov avvalroq Kun.uz’ga prokuror örinbosariga aloqador odamlarni “bezovta” qilib qöygani ortidan bosimga uçraganini aytib bergandi. Ma’lum qilişiça, qonuniy işlaganiga qaramay unga nisbatan jinoiy iş oçilib, iş sudgaça borgan. Sudda esa işni unga bosim qilgan prokuror örinbosarining dösti bölgan sudya körgan.