27 fevral kuni Senatda Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça respublika kengaşining navbatdagi yiğilişi bölib ötdi. Uni Oliy Majlis Senati raisi, Xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş böyiça respublika kengaşi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Yiğilişda ta’kidlanişiça, islohotlar natijasida qator xalqaro reyting va indekslarda Özbekistonning örni yaxşilangan. Xususan, ötgan yilda ustuvor etib belgilangan 20 ta reytingning 12 tasida Özbekistonning örni yaxşilandi. Jumladan, “Moodyʼs” xalqaro reyting agentliklari tomonidan Özbekistonning suveren kredit reyting kutilmasi ilk bor “barqaror”dan “ijobiy”ga oşirildi. Elektron hukumatni rivojlantiriş reytingida Özbekiston 193 ta davlat orasida 63-örinni egallab, 6 poğonaga yuqoriladi.

Şuningdek, Özbekiston yutuqlari ilk marotaba Jahon bankining yangi “Business Ready” reytingida e’tirof etildi. Jumladan, mamlakat 3 ta indikator böyiça izçil islohotlarni amalga oşirgan 29 ta mamlakat qatoriga kiritilib, “Amaliyotning osonligi” yönalişi böyiça 1-guruhda top-10 talikdan joy oldi.
Bundan taşqari, majlis davomida Özbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi örni yaxşilanişi töğrisidagi ikkinçi milliy ma’ruza loyihasi körib çiqilib, qator tavsiyalar berildi. Jumladan, ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan işlaş samaradorligini oşiriş, pasayiş kuzatilgan va özgarişsiz qolayotgan xalqaro reytinglar va ularning tarkibiy indikatorlaridan kelib çiqib islohotlarni jadallaştiriş zarurligi qayd etildi.
Şundan söng 2025 yil uçun Özbekistonning ustuvor xalqaro reyting va indekslardagi örnini yaxşilaşga qaratilgan amaliy çora-tadbirlar dasturlarining ijrosi masalasi muhokama markazida böldi.
Majlisda Özbekiston uçun ustuvor bölgan xalqaro reytinglarda mamlakat örnini yaxşilaş böyiça 2026 yilga möljallangan amaliy çora-tadbirlar dasturlari (“yöl xaritasi”) hamda ilmiy taşkilotlarning ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oşiriş böyiça yillik rejalari loyihalari ham körib çiqilib, Respublika kengaşining tegişli qarori qabul qilindi.












