Eronning Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy bazalariga özini himoya qiliş uçun bergan raketa hujumlaridan ayniqsa BAA jiddiy zarar kördi. Kun.uz bilan suhbatlaşgan qozoğistonlik jurnalist Rauan Mynbayevning aytişiça, keçagi hujumlar oqibatida kamida 3 kişi halok bölgan. Minglab sayyohlar esa Dubay va Abu-Dabida qolib ketdi. Davlat ularning xarajatlarini qoplab berişi mumkin degan taxmin bor, deydi jurnalist.

Qöşnilari Qatar, Kuvayt va Bahrayndan farqli ölaroq Amirliklarda köproq talafotlar borligi tarmoqlarda tarqalgan videolardan ham körinadi. Qozoğistonning uşbu davlatdagi muxbiri, jurnalist Rauan Mynbayevning Kun.uzʼga aytişiça, hujumdan insoniy talafotlar bor, hozirça kamida 3 kişi halok bölgan. Lekin mahalliy aholi sarosimaga tuşmagan, tizim tinçlikni ta’minlamoqda.

“Dubaydan Abu-Dabiga keldim, töğrisi, BAAda havodan mudofaa tizimi juda yaxşi işlamoqda. Lekin afsuski, insoniy talafotlar bor. Birinçi kuni raketa tuşganida nima bölganini bilmadik, hukumat 1 soatlardan keyin Eron hujumga ötganini e’lon qildi va bu AQŞ bazalariga edi, men öz közlarim bilan kördim”, - deydi Rauan Mynbayev.

Eron asosan Abu-Dabi, Dubay va boşqa yirik şaharlar atrofidagi infratuzilmalarni nişonga oldi. Ikki şaharda havo mudofaa tizimlari işlaşi natijasida köplab raketalar yöq qilingan bölsa-da, şikastlangan inşootlar ham köp.

Rasmiy hukumat bayonotlariga köra, BAA mudofaa tizimlari yuqori darajada işladi, bir qança raketalar va dronlarni muvaffaqiyatli töxtatdi, biroq portlaşlar oqibatida bir neça fuqarolarga tan jarohatlari yetdi va moddiy zarar körildi.

“Bilasizmi, raketalar qulaganidan keyin havoda qandaydir yoqimsiz hid paydo bölgan va juda dim. Men ançadan beri şu yerda yaşayotgan odam sifatida bunaqasini endi köryapman”, - deydi muxbir.

Keskin vaziyat tufayli BAA ham öz havo hududini vaqtinça yopdi va aviakompaniyalar parvozlarni vaqtinça töxtatişga majbur böldi. Bu çora fuqarolar va sayyohlar xavfsizligini ta’minlaş hamda raketa xavfi ostida qolmaslik uçun amalga oşirildi. Jurnalistning qöşimça qilişiça, ayni dam Dubay va Abu-Dabida juda köplab sayyohlar bor va ular çiqib ketolmayapti.

“Juda ham köp sayyohlar bor, ular çiqib ketolmaydi. Çunki xalqaro aeroportlarga ham zarar yetgan, davlat qolib ketgan sayyohlarning xarajatlarini qoplaydi degan gap bor, lekin hukumat idoralaridan buni aniq tasdiqlab oliş kerak”, deydi jurnalist Mynbayev.

BAA hukumati Eron hujumlarini qat’iyan qoralab, ularni “davlat suverenitetiga tahdid va xalqaro huquqni buziş” deb atadi. Taşqi işlar vazirligi va boşqa rasmiylar bu harakatlarni qattiq tanqid qilib, vaziyatni tinç yöl bilan hal etiş uçun çoralar izlaş zarurligini qayd etdi.

Hujumlar ortidan BAAda xavfsizlik ogohlantirişlari joriy etilgan, aholi va xorijliklar uçun rasmiy salomatlik va xavfsizlik körsatmalari tarqatilgan. Şuningdek, jamoat tartibini saqlaş va vahima holatlarini bartaraf etiş böyiça içki işlar bölimlari faoliyatini kuçaytirgan.

Eslatib ötamiz, BAA boşqa fors körfazi davlatlari kabi mojarodan uzoq turişga harakat qilgan bölsa ham, mintaqada yuzaga kelgan keskin harbiy xarakatlar ularni bevosita ta’sirlangan tomonlarga aylantirdi. Bu esa nafaqat hududiy xavfsizlik, balki iqtisodiy va ijtimoiy hayotga ham ta’sir körsatmoqda.