Röyxatga oliş yakunlarining dastlabki ma’lumotlariga köra, respublika böyiça 8,3 million xonadonda yaşovçi aholi töliq qamrab olindi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, bu jarayonda qöşimça turar joy obektlari, jumladan yangi qurilgan uy-joylar aniqlangan.

Ta’kidlanişiça, ayrim holatlarda xonadon a’zolarining vaqtinça xorijda bölişi yoki boşqa obektiv sabablar tufayli uyda bölmasligi natijasida kam sonli fuqarolar röyxatga oliş jarayonida iştirok eta olmagan bölişi mumkin. Uşbu fuqarolar aholini röyxatga oliş böyiça taşkil etilgan 1851 qisqa raqamli koll-markaziga qönğiroq qilsa, qayta örganişni amalga oşiruvçi statistika organi xodimlari ularning xonadoniga borib, röyxatga oliş işlarini ötkazadi.

Endi xalqaro tavsiyalarga muvofiq, ma’lumotlarning aniqligi va sifatini baholaş maqsadida röyxatga oliş natijalarini qayta örganiş işlari ham taşkil etiladi. Buning uçun tasodifiy tanlab olingan xonadonlarga mutaxassislar qayta boradi. Odatda bunday qayta tekşiruvlar umumiy qamrovning örtaça 5-10 foizi doirasida amalga oşiriladi. Özbekistonda ham 10 foizgaça qamrov asosida qayta örganiş rejalaştirilgan.

Röyxatga olişning dastlabki natijalari 2026 yil 1 iyuliga qadar, yakuniy va töliq tahlil qilingan ma’lumotlar esa 2027 yil 1 iyuliga qadar e’lon qilinişi rejalaştirilgan.

Ta’kidlanişiça, fuqarolar taqdim etgan barça ma’lumotlar amaldagi qonunçilikka muvofiq himoya qilinadi. Şaxsiy ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat umumlaştirilgan statistik körinişda işlatiladi.