AQŞ Eronga qarşi harbiy operatsiya boşlaganidan buyon qariyb 2 mlrd dollarlik harbiy texnikasidan ayrildi, deb yozmoqda Anadolu agentligi.
Agentlikning ma’lumot berişiça, AQŞ umumiy hisobda 1,902 mlrd dollarlik zarar körgan.
Kuvaytda Amerika uçta F-15E qiruvçi samolyotini yöqotgan, ularning qiymati 282 mln dollar deb baholanmoqda. Pentagon samolyotlar xatolik tufayli Kuvayt tomonidan urib tuşirilganini ma’lum qildi.
Eron qurolli kuçlarining BAAdagi THAAD raketaga qarşi tizimiga zarbasi oqibatida 500 mln dollarlik zarar yetgan.
AQŞning eng yirik yöqotişi esa Qatardagi bazada joylaşgan qiymati 1,1 mlrd dollarlik radiolokatsiya tizimi böldi, deb yozadi agentlik. Qayd etilişiça, tizim nizoning birinçi kunidayoq yöq qilingan.
Eron şuningdek, AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining Bahrayndagi Beşinçi floti ta’minot markaziga ham zarba bergan. Bu yerda narxi 20 mln dollar bölgan ikkita sun’iy yöldoş aloqasi terminali va bir neçta bino yöq qilingani aytilmoqda.












