Ukraina 5 mart kuni Vengriya hududida ukrain inkassatorlari uşlangan paytda musodara qilingan pullar va oltin quymalarini qaytarişni talab qilmoqda.
“Bugun Vengriya hokimiyati Avstriyadan tranzit orqali ötayotgan ikki ukrain banki avtomobillarini talon-toroj qilgani va kunduzi oçiqçasiga pul hamda qimmatbaho metallarni öğirlab ketganidan beri uçinçi kun”, — deb yozdi Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa 8 mart, yakşanba kuni X ijtimoiy tarmoğida.
U bu voqeani “davlat banditizmi va reketning misli körilmagan akti” deb atadi hamda Ukrainaning Yevropa hamkorlarini bu masala böyiça munosabat bildirişga çaqirdi.
“Bu pullar Vengriyaga yoki uning hukumatiga tegişli emas: ular Ukrainaning davlat banki — ‘Oşçadbank’, demak, ukrain soliq tölovçilariga tegişli”, — deyiladi Sibixa xabarida.
Bundan bir kun oldin “Oşçadbank” ham Budapeştdan inkassatorlik avtomobillari va qimmatliklarni qaytarişni talab qildi. Bankda ta’kidlanişiça, taşiş jarayoni “Oşçadbank” va Avstriyadagi “Rayffayzen” banki örtasidagi xalqaro kelişuv doirasida amalga oşirilgan, yukning özi esa xalqaro taşuv qoidalari va amaldagi Yevropa bojxona tartib-qoidalariga muvofiq rasmiylaştirilgan.
Vengriyada uşlangan Ukraina davlat banki “Oşçadbank”ning yetti nafar inkassatori vatanga qaytgani haqida 6 mart kuni Andrey Sibixa xabar bergan edi. U, şuningdek, bu haqda “allaqaçon prezident Zelenskiyni xabardor etganini” qöşimça qildi.
Bundan bir kun oldin Vengriyada Ukrainaning davlatga qaraşli “Oşçadbank”iga tegişli ikki avtomobil uşlangan edi. Ularda 40 million dollar, 35 million yevro va töqqiz kilogramm oltin bölgan. Vengriya hokimiyati pul yuviş gumoni bilan jinoiy iş qözğatgan. Ularning ma’lumotiga köra, pul va qimmatbaho metallni taşişga göyoki Ukraina Xavfsizlik xizmati (UXX)ning sobiq generali hamda harbiy tajribaga ega yana bir neça şaxs rahbarlik qilgan.
Vengriya taşqi işlar vaziri Peter Siyyarto Kiyevdan zudlik bilan javob berişni talab qildi va mamlakat orqali katta miqdorda naqd pul taşilayotgani “ukrain harbiy mafiyasi bilan ehtimoliy aloqa haqida jiddiy savollar tuğdirayotganini” bildirdi. Uning aytişiça, yanvardan beri uning mamlakati orqali 900 million dollar, 420 million yevro naqd pul, şuningdek 146 kilogramm oltin taşib ötilgan. Şu bilan birga, Vengriya hokimiyati “sinçiklab tergov ötkazişini” va’da qildi.
Ukraina TIV bayonot berib, ukrainaliklarga Vengriyada xavfsizlik kafolatlanmaganini, şuning uçun ular bu mamlakatga borişdan, hatto uni tranzit tarzida kesib ötişdan ham tiyilişi kerakligini aytdi. Bundan taşqari, Kiyev diplomatik idorasi Vengriyada ukrain va Yevropa biznesi uçun ham “özboşimçalik tahdidlari”ni körayotganini bildirdi.
Kiyev va Budapeşt örtasidagi munosabatlar sönggi kunlarda jiddiy ravişda yomonlaşdi. Bunga sabab — Vengriyaning Ukrainaga 90 milliard yevro miqdoridagi Yevropa Ittifoqi krediti ajratilişini tösib qöyganidir. Budapeşt bu qarorini Kiyev Ukraina hududi orqali ötadigan “Drujba” quvuri orqali Rossiya neftini Vengriyaga qayta uzatişni tiklaşdan boş tortayotgani bilan izohlagan.
Kiyev esa neft quvuri Rossiya hujumlari oqibatida şikastlanganini ta’kidlamoqda va vengriyalik vakillarni uni közdan keçirişga kiritmagan.
5 mart kuni Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi brifingda “90 milliard yevroni tösib qöyayotgan odam”ning telefon raqamini Ukraina qurolli kuçlariga berişini, ular esa “u bilan öz tilida gaplaşişini” aytgan edi. Bu bayonot Viktor Orban hukumati, şuningdek Vengriya muxolifati va Yevropa komissiyasi tomonidan keskin tanqid qilindi.












