AQŞ prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt içida Eron bilan harbiy mojaro fonida keskin kötarilgan jahon neft narxini pasaytirişga qaratilgan bir qator çoralarni örganib çiqmoqçi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

AQŞ prezidenti ma’muriyati kotirovkalarning 1 barrel uçun 100 dollardan oşişi noyabr oyidagi oraliq saylovlar arafasida Amerika biznesi va iste’molçilariga salbiy ta’sir körsatişidan xavotirda. Respublikaçilar ularga tayanib, Kongress ustidan nazoratni saqlab qolişga umid qilmoqda.

Muhokama qilingan çora-tadbirlar orasida:

- G7 mamlakatlari tomonidan strategik neft zaxiralaridan foydalaniş;

- AQŞdan eksportni çeklaş;

- neft fyuçerslari bozorlariga aralaşiş;

- ba’zi federal soliqlarni bekor qiliş va mamlakat içida yoqilğini faqat Amerika bayroği ostidagi kemalarda taşişni talab qiladigan Jons qonuni çeklovlarini vaqtinça olib taşlaş.

Oq uyning ma’lum qilişiça, Tramp va uning jamoasi energiya bozorlarini barqarorlaştiriş böyiça «kuçli rejaga» ega. Ma’muriyat vakilining ta’kidlaşiça, barça oqilona variantlar körib çiqiladi va tegişli idoralar bilan muvofiqlaştiriş doimiy ravişda olib boriladi.

Biroq, tahlilçilar taklif etilayotgan çoralarning samaradorligiga şubha qilmoqda, çunki jangovar harakatlar dunyo neftiga bölgan talabning beşdan bir qismini ta’minlaydigan Hörmuz böğozi orqali yetkazib berişni tösib qöymoqda. 28 fevral kuni AQŞ va Isroil zarbalari boşlanganidan söng, qisqa muddatli narxlar bir barrel uçun 119 dollarga yetdi.

Uşbu masala böyiça yiğilişlar yuqori martabali amaldorlar, jumladan, Oq uy apparati rahbari Syuzi Uayls va katta maslahatçi Stiven Miller iştirokida bölib ötmoqda. Böğozda tankerlarni harbiy-dengiz kuzatuvini taşkil etişga urinişlar hozirça kema qatnovini tiklaşga olib kelmadi.