Germaniya kansleri Fridrix Mers Erondagi uruş Ukraina uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkinligidan ogohlantirdi. Ukraina esa Rossiyaning keng kölamli bosqinidan himoyalanmoqda. U 10 mart, seşanba kuni Berlinda Çexiya boş vaziri Andrey Babişni qabul qilar ekan, Ukrainani qöllab-quvvatlaş zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

“Biz bilamizki, Kreml Eron bilan boğliq uruş unga qayerda yangi imkoniyatlar oçib berişini diqqat bilan kuzatmoqda”, — dedi u.

Mers “Eron atrofidagi dramatik voqealarni alohida körib çiqmaslik”ka çaqirdi, çunki ular Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi bilan “çambarças boğliq”. Şu boisdan, u ayniqsa hozir Ukrainani qöllab-quvvatlaş susaymasligi kerakligini ta’kidladi.

“Boşqa hamkorlar NATOning şarqiy va şimoliy qanotlaridan öz kuçlarini olib çiqayotgan bir paytda, biz öz joyimizda qolyapmiz”, — dedi Germaniya kansleri va bunday “yukni taqsimlaş” muhimligini urğuladi.

“Aks holda, biz Moskvaga Ukraina va Yevropani zaiflaştiriş imkonini berib qöyamiz”, — deya izoh berdi u.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi haqida fikr bildirgan Fridrix Mers “xavfli eskalatsiya”dan ogohlantirdi va Eronni mintaqadagi hujumlarni zudlik bilan töxtatişga çaqirdi. Uning aytişiça, Eron rahbariyati “mintaqa davlatlariga, jumladan Germaniyaning yaqin hamkorlari va ittifoqçilariga ham tanlab ötirmasdan hujum qilmoqda”, Berlin esa bunday zarbalarni “eng qat’iy tarzda” qoralaydi.

Germaniya rahbarining sözlariga köra, uruşning har bir keyingi kuni bilan yanada köproq savollar paydo bölmoqda.

“Bizni eng avvalo şu narsa taşvişlantirmoqdaki, aftidan, bu uruşni qanday qilib tez va işonçli yakuniga yetkaziş mumkinligi böyiça umumiy reja yöq”, — dedi u.

“Biz çeksiz uruşdan manfaatdor emasmiz. Biz Eronning hududiy yaxlitligi, davlatçiligi yoki iqtisodiy yaşovçanligi vayron bölişidan manfaatdor emasmiz”, — dedi Mers. Uning sözlariga köra, dunyoga “mintaqaviy tinçlik tartibi va xavfsizlikning bir qismi sifatida barqaror Eron kerak, şunday tartibdaki, unda na Isroilga, na boşqa davlatlarga xavf tahdid qilmaydi va unda Tehron öz yadroviy da’volaridan hamda terrorizmni qöllab-quvvatlaşdan voz keçadi”. U qöşimça qilişiça, Germaniya YeIdagi şeriklari bilan birgalikda şunday reja ustida işlamoqda va bu masalada Isroil hamda AQŞ bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ayni paytda Mers Isroilning Iordan daryosining ğarbiy sohilidagi harakatlarini keskin tanqid qildi va Isroil hokimiyatini uşbu Falastin hududini anneksiya qilişdan eng qat’iy tarzda ogohlantirdi, bunday rejalarni “jiddiy xato” deb atadi.

“Quddusda muhokama qilinayotgan anneksiya qadamlari ikki davlatning yonma-yon yaşaşiga asoslangan tinçlik yöli bilan hal etiş imkonini yanada qiyinlaştiradi”, — dedi Germaniya kansleri.

AQŞ va Isroil 28 fevral kuni ertalab Eron hududiga zarbalar bera boşladi. Islom Respublikasi bunga javoban Isroilga va Yaqin Şarqda Vaşingtonning ittifoqçilari hisoblangan davlatlarga dron va raketa hujumlari uyuştirdi. Tehronning ta’kidlaşiça, Eron zarbalarining nişonlari — ana şu davlatlardagi Amerika harbiy bazalaridir.

AQŞ va Isroilning harbiy operatsiyasi natijasida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy va Islom Respublikasining yana qator yuqori lavozimli amaldorlari halok böldi. Xominaiyning örniga uning öğli Mujtabo Xominaiy voris böldi.

Mart oyi boşida Isroil, şuningdek, Livan hududidagi nişonlarga ham zarba berdi. Bu mamlakat hududida Eron hukumati qöllab-quvvatlaydigan “Hizbulloh” guruhi faoliyat yuritadi. U mintaqadagi Tehronning asosiy ittifoqçilaridan biri hisoblanadi va Isroil çegaralari yaqinida raketa arsenaliga ega.