«Ostorojno, Peterburg» Telegram-kanali 26 iyul kuni tegişli komissiya hisobotiga tayanib xabar berişiça, reydlar Sankt-Peterburgda yoşlar köp töplanadigan savdo markazlarida ötkazilişi közda tutilgan.
Ularda «Kontakt» davlat ijtimoiy markazi xodimlari hamda Rossiya IIVning Sankt-Peterburg va Leningrad viloyati böyiça Ekstremizmga qarşi kuraş markazi - «E» markazi vakillari iştirok etişi aytilmoqda.
Xabarga köra, mutaxassislar yoşlar köp töplanadigan joylarni örganib, «radikal kayfiyatdagi» ösmirlarni aniqlaşga harakat qiladi. Bunda ularning kiyimi va aksessuarlarida «norasmiy asotsial guruhlar»ga xos deb baholanadigan belgilarga ham e’tibor qaratilişi rejalaştirilgan.
Hisobotda qayd etilişiça, şunday toifaga kiritilgan ösmir va yoşlar «deradikallaştiriş va jamiyatga konstruktiv ijtimoiylaştiriş» böyiça profilaktik işlarga jalb etiladi.
Uşbu işlar «dolzarb tendensiyalar va çaqiriqlar»ni hisobga olgan holda amalga oşirilişi aytilgan.
Moskvada ham ösmirlar iştirokidagi reydlar haqida xabar berilgan
Bundan avval, iyul oyi boşida Moskva markazidagi Kitay-gorod hududida politsiya yoşlar va ösmirlar töplanadigan joylarda reyd ötkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
3 iyul kuni Twitch platformasida töğridan töğri efir olib borayotgan Vitaliy ismli bloger Kitay-gorodda politsiya tomonidan uşlanganini bildirgan.
Uning aytişiça, u köçada ketayotganda va politsiya avtozakiga qöl silkitganidan keyin uşlangan.
Bloger keyinçalik öz Telegram-kanalida uşlaş vaqtida uning yuzi va oyoqlariga bir neça marta zarba berilganini iddao qilgan. Şuningdek, uning sözlariga köra, huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlaridan biri avtozak içidagi yoşlarga nisbatan elektroşoker qöllagan.
Vitaliy «Ostorojno, novosti» Telegram-kanaliga politsiya bölimida uşlanganlarning telefonlari olib qöyilganini ham aytgan.
Uning sözlariga köra, politsiya xodimlari yoşlardan Kitay-gorodda nima qilayotgani, alkogol yoki giyohvand moddalar ta’siri ostida bölgan-bölmagani haqida söragan. Ularning pasport ma’lumotlari yozib olingan va suratga tuşirilgan.












