Toşkent şahridagi dorixonalarda reyd tadbirlari ötkazildi. Bu haqda SSV huzuridagi Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, markaz tomonidan “Arzon apteka” Telegram botida joylaştirilgan dori vositalari haqidagi e’lonlar asosida Toşkent şahridagi qator dorixonalarda tekşiruvlar ötkazilgan. Jarayonda 4 ta dorixonada muvofiqlik sertifikatiga ega bölmagan 86 turdagi dori vositasi aniqlanib, savdodan olingan. Nazorat tadbirlari davomida 5 turdagi yaroqlilik muddati ötgan dori vositalari ham savdoda turgani aniqlangan.

“Bunday dori vositalaridan foydalaniş kutilmagan va jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin. Ayniqsa, dori vositasining yaroqlilik muddati, saqlaş şaroiti, sifati va qonuniy muomalasi nazorat qilinmagan bölsa, uni iste’mol qiliş inson salomatligi uçun real xavf tuğdiradi”, deyiladi markaz xabarida.

Şuningdek, yana bir holatda dorixona dori vositalari va tibbiy buyumlarni çakana realizatsiya qiliş uçun berilgan litsenziyaning amal qiliş muddati tugagan bölişiga qaramay, faoliyatini davom ettirayotgani aniqlangan. 

Markaz vatandoşlarni dori vositalarini faqat qonuniy faoliyat yuritayotgan dorixonalardan olişga, internet va ijtimoiy tarmoqlardagi şubhali e’lonlarga aldanmaslikka çaqirgan. Qolaversa, dori vositasining qonuniyligi va sifatini tasdiqlovçi hujjatlarga e’tibor qaratiş söralgan.