Özbekistonda yöllardagi xavfsizlikni ta’minlaşga qaratilgan yangi javobgarlik çoralari kiritiladi. Tegişli qonun loyihasi Qonunçilik palatasidagi partiyalarning fraksiyalari tomonidan körib çiqilyapti.

Qonun loyihasiga köra:

  • “avtomototransport vositasini vaqtinça olib qöyiş” jazo çorasi joriy etiladi, bunda ayrim qöpol qoidabuzarliklarni sodir etgan şaxslarning transport vositalari sud qarori asosida 6 oydan 1 yilgaça muddatga jarima maydoniga joylaştirilişi mumkin;

  • tezlikni belgilangan me’yordan 80 km/soatdan ortiq oşirganlik uçun haydovçi transport boşqariş huquqidan mahrum qilinadi va 26,8 million sömgaça jarimaga tortiladi;
  • transport vositasini boşqariş huquqiga ega bölmagan yoki mazkur huquqdan mahrum etilgan şaxs tomonidan sodir etilgan “yöl bezoriligi” uçun amaldagi jazolarga qöşimça ravişda transport vositasi musodara qilinadi yoki vaqtinça olib qöyiladi;
  • voyaga yetmagan şaxsga transport boşqarişni topşiriş oğir oqibatlarga olib kelgan hollarda aybdor şaxs jinoiy javobgarlikka tortiladi;
  • mast holda transport boşqariş, noqonuniy poygalar, yuk maşinasini tungi vaqtda boşqalarga xavf tuğdiradigan holda töxtatib qöyiş va boşqa xavfli harakatlar uçun javobgarlik kuçaytiriladi;
  • poygalar faqat maxsus ajratilgan hududlarda, xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda, sport tadbiri sifatida ötkazilişi mumkin.

Qonun loyihasi “Yöl harakati xavfsizligi tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida” deb nomlanadi.

Bu özgarişlar yöllarda xavfsizlikni ta’minlaş, inson hayoti va salomatligini himoya qilişga qaratilgan.