Farğona viloyatining Özbekiston tumanidan oqib ötuvçi Katta Farğona kanaliga FVB suvda qidiruv-qutqaruv maxsus guruhi safarbar etilgan. Çunki 50 yoşli erkak ehtiyotsizligi oqibatida kanalga tuşib ketgan, 5 kundirki jasad topilgani yöq. Ğavvoslar guruhi suv osti va suv ustida qidiruv işlarini olib borişyapti. Qutqaruvga jalb qilingan ğavvoslar bilan çökiş holatlari va qanday omillar suvda insonning çökib ketişiga sabab bölişi haqida suhbatlaşdik.
Har yili respublika miqyosida yuzdan ortiq odam suvda çökiş oqibatida halok böladi. Çökiş bilan boğliq holatlar ayniqsa yoz faslida köpayadi. Suzişni bilmaslik, havo harorati yuqori bölgan paytda terlagan holda suvga tuşişdan oyoq tomirlari tortib qolişi, spirtli içimlik iste’mol qilgan holda çömiliş, mumkin bölmagan joyda çömiliş kabi holatlar baxsiz hodisalarga olib kelişi mumkin. Kun.uz muxbiri Katta Farğona kanalida faoliyat olib borayotgan FVB ğavvoslari bilan çökiş bilan boğliq holatlar yuzasidan suhblatlaşdi.
Suvda qidiruv-qutqaruv maxsus guruhi qutqaruvçisi Jasur Nömonovning aytişiça, yuza qismi tinç oqayotganiga işonib suv havzasiga sakraş oqibatida köplab insonlar çökib halok bölar ekan. “Bir qaraşda suv yuzasi sokin köringani bilan içkarida harakat kuçli böladi. Bu esa muvozanatning yöqolişiga olib keladi”, deydi tajribali ğavvos.

“Yoş bolalar örtasida çökiş holatlari ayniqsa, yoz mavsumida köpayadi. Ota-onalarning farzandiga befarqligidan, mumkin bölmagan joylarda çömilişdan, suzişni bilmaslikdan baxsiz hodisalar kelib çiqyapti.
Oddiy misol, köp uçraydigan holatlardan biri: yoş bolalar issiq havoda suv havzalariga keladi-da, suvga taşlagan payti issiq-sovuq böladi, suv sovuqligining hisobiga oyoq tomirlari tortişadi. Tomir tortgandan keyin bola muvozanatini yöqotadi va özini eplay olmay çökiş holatlariga olib keladi.
Ikkinçidan, yoşi katta insonlar spirtli içimlik iste’mol qilgan holda suvning yuzasi tinçligiga işonib suvga sakraşadi. Şuni yodda tutiş kerakki, suv tagida oqim kuçli böladi. Suzişni bilgan har qanday odam ham buni anglab yetmaydi. Bilsa ham bunga befarq böladi. Oqibatda özini eplay olmay qoladi. Muvozanat yöqolgandan keyin inson çökib, baxsiz hodisalarga olib kelişi mumkin.
Ğavvoslik maşaqqatli kasb. Suvosti juda şovqin va qoronği, heç narsa körinmaydi, paypaslab suv ostida qidiruv işlarini olib boramiz. Suv ostiga tuşişdan avval maxsus kiyimlar kiyiş bilan birga belimga arqon boğlayman. Suv ostida buyruqni bajarişim kerak böladi. Tepalikdagi hamkasbim arqonni tortiş yöli bilan holatimni bilib turadi yoki buyruq beradi. Bir söz bilan aytganda arqon – suv ostidagi “ratsiyamiz”.

















