Andijon viloyatida Favqulodda vaziyatlar bölimi mansabdori pora olişda gumonlanib, uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, departamentning Andijon viloyati boşqarmasi va boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Şahrixon tumani Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği örinbosari B.G. hududdagi MÇJlardan birining iş yurituvçisidan 1,5 mln söm olgan vaqtida uşlangan.

Mansabdor uşbu pul evaziga umumiy ovqatlaniş şoxobçasida kelgusida tekşiruv ötkazmaslik va tekşiruvçilar kelgan taqdirda uning foydasiga hal qilib berişni vaʼda qilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq Qiziriqda Savdo-sanoat palatasi bölimi boşliği uşlangandi.