Yevropa Ittifoqi Rossiya zarbalari natijasida şikastlangan “Drujba” quvuri orqali neft haydaşni qayta tiklaşda Ukrainaga yordam beradi.

“YeI Ukrainaga texnik kömak va moliyalaştirişni taklif qildi. Ukrainaliklar buni mamnuniyat bilan qarşi oldi va uşbu taklifni qabul qildi”, — deb 17 mart, seşanba kuni Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen va Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta ma’lum qildi.

Ularning sözlariga köra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Drujba” neft quvurini ta’mirlaş böyiça YeI yordamini qabul qilişga rozilik bildirgan.

“Yevropalik mutaxassislar darhol işga kirişişga tayyor”, — deya qöşimça qildi fon der Lyayyen va Koşta.

Yevropa kengaşi saytida joylaştirilgan qöşma bayonotda Yevropa Ittifoqi rahbarlari “Yevropaning barça fuqarolari uçun energetik xavfsizlikni ta’minlaş”ni ustuvor vazifa deb atadi va Markaziy hamda Şarqiy Yevropa davlatlariga Rossiyaga tegişli bölmagan neft tranziti uçun muqobil yönalişlar ustida işni davom ettirişga va’da berdi.

Zelenskiyga yöllangan maktubda Yevropa komissiyasi raisi va Yevropa kengaşi raisi “quvurning tezkor ta’mirlanişi” Yevropa Ittifoqiga Ukraina uçun rejalaştirilgan yirik kredit va uruşni davom ettirayotgan Rossiyaga qarşi navbatdagi sanksiyalar paketi böyiça qarorlarni tezlaştiriş imkonini berişidan umid bildirgan.

“Drujba” neft quvuri orqali Ukraina hududi böylab Rossiya nefti Vengriya va Slovakiyaga yetkazib berilgan. Ukraina tomoni ma’lumotlariga köra, quvur yanvar oyida Rossiya zarbasi oqibatida şikastlangan va işdan çiqqan. Zelenskiy “Drujba” işi qayta tiklanişigaça yana bir neça hafta ötişi mumkinligini aytgan edi.

Budapeşt va Bratislavadagi rossiyaparast hukumatlar Kiyevni ta’mirlaş işlarini ataylab çözayotganlikda va ehtimoliy şikastlanişlarni quvurni töxtatiş uçun bahona sifatida işlatayotganlikda ayblamoqda. Ana şu bahs sababli Budapeşt Rossiyaga qarşi yangi, 20-sanksiyalar paketini tösmoqda. Bundan taşqari, Vengriya Ukraina uçun 90 milliard yevro miqdoridagi Yevropa Ittifoqi krediti ajratilişiga ham veto qöygan.