27-30 mart kunlari Özbekiston uşbu örtoqlik turniriga mezbonlik qiladi va milliy jamoa Gabon (27 mart) va Venesuelaga (30 mart) qarşi maydonga tuşadi.
Milliy jamoa boş murabbiyi Fabio Kannavaro 26 mart kuni jurnalistlarning savollariga javob berdi.
- Biz har doim kuçli jamoalarga qarşi öynaşga harakat qilamiz. FIFA bizga bu imkoniyatni berdi va biz har qanday raqibga qarşi öynaşdan mamnunmiz.
- Köproq örtoqlik öyinlari ötkazişni rejalaştirmoqdamiz, biri Kanada, ikkinçisi AQŞ hududida böladi. Biz turli mamlakatlarning turli darajadagi jamoalari bilan öynaşni xohlaymiz. Çunki Jahon çempionati butunlay boşqaça darajada böladi. Portugaliya va Kolumbiya turnirning eng kuçli jamoalari qatorida. Şuning uçun biz tayyor bölişimiz kerak. Agar kimdir Jahon çempionati oson böladi, deb öylasa adaşadi.
- Gabonning yorqin yulduzlari (Obameyang, Lemina) Toşkentga kelmadi? Men jamoamni tayyorlayman va raqib haqida öylamayman. Biz ularning qanday öynaşini örganib çiqdik va sönggi öyinlarini tomoşa qildik.
- Kelgusi ikki öyinda barçaga öynaş imkoniyatini berişga harakat qilaman. Bunday öyinlarda futbolçilarni kuzatiş va ularni tuşuniş muhim va umid qilamanki, vaziyat bunga imkon beradi.
- Örtoqlik öyinlari bölsa ham, biz bor kuçimizni sarflaşga va ğalaba qozonişga harakat qilamiz. Biz futbolçilarni sinab körişni va yaxşiroq tuşunişni xohlaymiz.
- Jarohat olgan Abbos Fayzullayev va Jaloliddin Maşaripov ahvoli? Abbosni [Fayzullayevni] yöqotdik, men kelganimdan beri u köp jarohat olyapti. Şunga öxşaş muammolarga duç kelgan yana ikki yoki uç futbolçi bor va biz yeçim topiş uçun köproq işlaşimiz kerak. Rostini aytsam, ular Jahon çempionatida öynay oladimi yoki yöqmi, bilmayman. Biz ularning turnirning bir qismi bölişi uçun qölimizdan kelgan barça işni qilyapmiz.
- Hozir milliy jamoaga çaqiruv oliş huquqiga ega bölgan futbolçilarning kengaytirilgan röyxati 55 nafar öyinçidan iborat. Lekin agar mavsum davomida kimdir yaxşi öyin körsatayotganini körsam, biz röyxatni kengaytirişimiz mumkin.
- Hammani kuzatib borişga va ular bilan muloqot qilişga harakat qilaman, hatto birga bölmaganimizda ham. Biz ularga qönğiroq qilamiz, aloqada bölamiz, çunki biz ularni kuzatib turganimizni his qilişi muhim.
- Eron çempionatida öynagan futbolçilar bilan boğliq vaziyat? Bu yana bir muammo - juda jiddiy muammo. Futbolçilar şoşilinç ravişda ketişga majbur böldi. Biz ularga yordam berişga harakat qilmoqdamiz: ularni öz markazimizda fitnes murabbiyi bilan maşq qildiryapmiz va FIFA bilan ularga milliy ligamizda öynaşga ruxsat beriş imkoniyatini muhokama qildik. Umid qilamanki, FIFA uşbu turnirdan keyin qaror qabul qiladi, çunki şunçaki maşq qilib, öynamay yuriş yaxşi emas.
- Jahon çempionatidagi qarorgoh sifatida Atlanta şahrini tanladik, çunki FIFA bizga ma’lum şartlarni — mehmonxonalar va infratuzilmani taklif qildi. Bunga sabab - birinçi öyinni Mexiko şahrida, ikkinçisini Hyustonda va uçinçisini Atlantada ötkazamiz va umid qilamanki, biz keyingi bosqiçga çiqsak, yana Atlanta şahrida öynaş imkoniyati bor. Bundan taşqari, Atlantadagi maşğulot markazi men körgan eng yaxşilaridan biri. Mehmonxona ham yaxşi — unda futbolçilarning tiklanişi uçun barça zarur şaroitlar mavjud.
- Milliy çempionat futbolçilarining jismoniy tayyorgarligi? Agar futbolçilar Yevropada öynasa, bu ularning yaxşi darajada ekanini anglatadi. Bizning ligamizdagi muammo şundaki, öyinlarning tempi har doim ham yuqori darajada emas. Mahalliy futbolçilarning jismoniy holati ba’zan juda yaxşi bölmaydi.
- Ramazon oyi bölgani, öyinlar köp bölgani va ularning darajasi yuqori bölmaganini bilaman. Men futbolçilarni doim olğa undayman, çunki agar ular boşqalar bilan teng darajada bölişni istasa, 100 foiz bunga harakat qilişi kerak. Rostini aytsam, bu meni juda taşvişga solmoqda. Jismoniy tayyorgarlik biz uçun eng muhimi. Musobaqadan oldin bizda atigi ikki yoki uç hafta vaqt böladi va jiddiy tayyorgarlik uçun deyarli vaqt yöq. Şuning uçun men yanvar oyida bu holatni yaxşilaşimiz kerakligini aytgan edim. Men futbolçilarning jismoniy holatidan xavotirdaman.












