Özbekistonda xizmat körsatgan artist, özbek sirk san’atining maşhur namoyandasi Olimjon Toşkenboyev 81 yoşida vafot etdi, deb xabar berdi Madaniyat vazirligi.

Olimjon Toşkenboyev uzoq yillar davomida “Özbekiston dorbozlari” guruhiga rahbarlik qilgan va milliy dorbozlik san’ati sohasida samarali faoliyat yuritgan.

Uning rahbarligidagi “Özbekiston dorbozlari” guruhi köplab xorijiy mamlakatlarda, xususan, Polşa, Germaniya, Misr, Belgiya, Gollandiya, Şveytsariya, Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Ekvador kabi mamlakatlarda öz san’atini namoyiş etgan.

U «Özbeksirk» birlaşmasida rejissyor lavozimida faoliyat yuritib, köplab şogirdlarni yetiştirgan.