Rostov-Donda Dovgalyuklar sulolasi sirki tomoşa körsatayotgan vaqtda yölbars manejdan tomoşabinlar ötirgan hududga sakrab ötdi.
Hodisa artistlar va tomoşabinlarni ajratib turuvçi tösiq qulab tuşganidan keyin sodir bölgan.
Tomoşa vaqtida manejda uçta yölbars va ikki nafar sirkçi bölib, tösiq kutilmaganda qulab tuşişidan çöçib ketgan yölbarslardan biri tomoşabinlar tomon sakrab ötgan.
Rostov IIVning ma’lum qilişiça, voqea natijasida heç kim jabrlanmagan.











