2026_yil_1_avgustdan 2028 yil 1 yanvarga qadar Özbekistonda kamyob va yöqolib ketiş xavfi yuqori bölgan yovvoyi hayvonlarni ov qiliş taqiqlanadi.
Ularning röyxati hukumat qaroriga ilovada keltirilgan bölib, röyxatdan 66 turdagi quşlar, sutemizuvçilar, baliqlar, sudralib yuruvçilar va umurtqasizlar örin olgan.
Bunda:
uşbu çeklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqçilik pitomniklari va hovuz xöjaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetiştirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ov qiliş, şuningdek, ilmiy va tibbiy maqsadlarda foydalaniş uçun ov qilişga nisbatan tatbiq etilmaydi;
yovvoyi hayvonlarni tutişga doir kvotalarni şakllantiriş va taqsimlaşda ov qiliş taqiqlangan kamyob va yöqolib ketiş xavfi yuqori bölgan yovvoyi hayvonlar turlariga nisbatan kvota ajratilişiga yöl qöyilmaydi.
Belgilanişiça, 1 avgustdan boşlab 2030 yil 1 yanvarga qadar respublikaning markaziy şaharlaridan oqib ötuvçi daryo va soylar har yili jami 15 tonnadan kam bölmagan miqdorda Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tuziladigan röyxat asosida çavoqlantiriladi.








