AQŞ prezidenti Donald Tramp federal hukumat soğliqni saqlaş sohasi va bolalar boğçalariga emas, mudofaani moliyalaştirişga köproq e’tibor qaratişi kerakligi, qolgan işlar bilan ştatlar rasmiylari şuğullanişi lozimligini aytdi, deb xabar berdi 2 aprel kuni CNN naşri.
Tramp bu haqda 1 aprel kuni Pasxa bayrami munosabati bilan taşkil etilgan yopiq tuşlik vaqtida gapirgan. Uning bu sözlari aks etgan videoyozuv Oq uyning yutub-kanaliga qöyilgandi, biroz ötib uni öçirib yuborişdi, ammo rolikni Business Insider jurnalisti köçirib olgan.
Öz çiqişi vaqtida Tramp Ma’muriy-budjet boşqarmasi boşliği Rassel Vout bilan suhbatini eslagan: «Men Rasselga bolalar boğçalariga pul ajratmaslikni, çunki Qöşma Ştatlar hozir bolalar boğçalari bilan şuğullana olmasligini aytdim. Bu ştatlar vakolatida bölişi kerak. Biz bolalar boğçalari bilan şuğullana olmaymiz. Biz – katta mamlakatmiz. Bizda 50 ta ştat bor. Bizda boşqa odamlar ham juda köp».
Şundan keyin u darhol şunday qöşimça qilgan: «Biz jang qilyapmiz. Bolalar boğçasiga vaqt yöq». AQŞ prezidenti fikriça, bolalar boğçalari va soğliqni saqlaş sohasini moliyalaştiriş uçun ştatlar soliqlarni oşirişi kerak.
«Biz bolalar boğçalari, Medicaid, Medicare – bularning barçasi bilan şuğullana olmaymiz, buni ştatlar qila oladi. Federal darajada buning iloji yöq. Biz bir iş bilan şuğullanişimiz kerak: harbiy mudofaa bilan. Biz mamlakatni himoya qilişimiz kerak. Ammo bu mayda-çuydalar, sodir bölgan barça mayda-çuyda nayranglar bilan ştatlarning özi şuğullanişiga yöl qöyişingiz kerak, Rassel», degan Tramp.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt 2 aprel kuni Tramp öz nutqida «saylangan demokratik amaldorlar yöl qöygan uşbu muhim dasturlarda firibgarlikka çek qöyiş va milliardlab firibgarlik işlarining ildizini quritiş muhimligi haqida gapirgani»ni aytgandi.
CNN qayd etişiça, Tramp çindan ham firibgarlik haqida gapirgan, lekin birinçi navbatda uning nutqi tibbiy dasturlar uçun kim tölaşi kerakligi haqida bölgan.
Donald Trampning bu sözlari Eron bilan uruş böyiça millatga qilgan murojaatidan bir neça soat oldin aytilgan. U öz murojaatida AQŞ ğalaba qozonişga yaqin turganini ta’kidladi, ammo uruş qaçon tugaşini aytmadi.













