Azov dengizining Xerson oblasti sohillari yaqinidagi qismida ğalla ortilgan kema çökib ketdi. Bu haqda regionning Rossiya tomonidan bosib olingan qismi rahbari Vladimir Saldo ma’lum qildi. 

Sohilda ekipajning töqqiz nafar a’zosi topilgan, ularning barçasi Rossiya fuqarolaridir. Saldo ikki kişi, jumladan, kema kapitanining katta yordamçisi halok bölganini xabar qilgan. 

Xabarda kema halokati sababi keltirilmagan. 

«Birinçi bölib mahalliy aholi yordamga yetib keldi – ular ekipaj a’zolarini kutib olişdi va qutqaruv xizmatlari yetib kelguniga qadar yordam körsatişdi. Hodisa tafsilotlarini aniqlaş uçun tergov harakatlari olib borilmoqda», – degan hudud rahbari.

TASS öz manbasiga tayanib kemaga dron hujum qilgani va ikki kişi halok bölganini xabar qildi. Hujum vaqtida kema anneksiya qilingan Qrimning Kerç portidan 300 milya masofada edi. Ekipaj jami 11 kişidan iborat bölgan, töqqiz kişi evakuatsiya qayiğiga tuşişgan va Xerson oblasti sohiliga qadar yetib olişgan. Ammo ulardan biri yölda vafot etgan va jami qurbonlar soni uç nafarga yetgan.