Qaşqadaryoda Rossiya armiyasiga yollangan yigit jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, Kasbi tumanida yaşovçi 2001 yilda tuğilgan D.R. 2022 yil aprelida işlab pul topiş maqsadida Rossiyaga ketgan. U Moskva şahrida kirakaşlik faoliyati bilan şuğullangan.

2022 yil sentabr oyida militsiya xodimlari uni töxtatib, boşqaruvidagi maşinaning salon qismini közdan keçirişgan. Jarayonda maşina içidan narkotik modda topilgan.

Şu tariqa D.R. narkojinoyatda ayblanib, sud hukmi bilan 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

“2024 yil 30 oktyabr kuni jazoni ijro etiş muassasasi xodimlari jazoning qolgan qismini Özbekistonda ötaşimni aytib, hujjatlarga imzo qöydirib olişdi. Rus tilini yaxşi bilmaganim sababli hujjatga imzo qöydim. Söngra samolyotda Ukrainaga qarşi uruşda iştirok etişim uçun harbiy qismga olib borişdi”, degan u suddagi körsatmasida.

D.R. 2025 yil 18 noyabrga qadar Ukrainaga qarşi jangovar harakatlarda iştirok etgan. Keyin u yerdan qoçiş uçun oyoğiga öq uzib, özini jarohatlagan. Şifoxonaga yotqizilgan yigit u yerdan qoçib, Moskva şahriga borgan. Şundan söng Özbekiston elçixonasi kömagida Özbekistonga qaytib kelgan.

D.R. qilgan işidan puşaymon bölib, özi huquqni muhofaza qiluvçi organga ariza bilan murojaat qilgan.

JIB Kasbi tuman sudining 2026 yil 16 martdagi hukmi bilan D.R. Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollaniş) 1-qismi hamda 154-1-moddasi 1-qismida (çet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki şunga öxşaş boşqa organlariga xizmatga kiriş, yollaniş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 4 yil 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

Avvalroq Navoiyda onlayn qimorga yutqazib, qarzdan çiqiş uçun Rossiya armiyasiga yollanişga qaror qilgan yigit jinoiy jazoga tortilgandi.