Jahon bozorlari Eronda ikki haftalik öt oçişni töxtatiş haqidagi xabarlarga neft va uni qayta işlaş mahsulotlari narxining pasayişi bilan javob qaytardi. 8 aprel, çorşanba tongiga kelib, Brent markali neft fyuçerslari narxi bir barrel uçun 95 dollar atrofida tebrandi. Holbuki, bir kun avval u taxminan 110 dollardan sotilayotgan edi. Buni kotirovkalarni kuzatib boruvçi servislar ma’lumotlari körsatmoqda.
Trading Economics platformasi ma’lumotlariga köra, xom neft jahon bozorlarida bir sutka içida 14 foiz arzonlab, bir barrel uçun 96 dollardan sotilgan. AQŞda peç yonilğisi sifatida keng qöllanadigan mazut narxi bir sutkada 17 foizga tuşdi, benzin esa qariyb 10 foiz arzonladi.
Neft sektoridagi narxlar pasayişi — AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşida ikki haftalik sulh örnatilgani hamda Eronning Hörmuz böğozini tösib qöyişi yaqin orada bekor qilinişi mumkinligi haqidagi xabarlarga bozorlarning yaqqol reaksiyasidir. Bu böğoz Fors körfazi mamlakatlaridan boşqa hududlarga neft yetkazib berişda eng muhim yölaklardan biri hisoblanadi.
7 aprel keçqurun, AQŞ prezidenti Donald Tramp avvalroq Eronga qöygan va “butun bir sivilizatsiyaning halokati” bilan tahdid qilgan ultimatum muddati tugaşiga bir neça soat qolganida, Oq uy rahbari Tehron javoban Hörmuz böğozi orqali ötuvçi kemalarga hujumlarni töxtatsa, Islom Respublikasiga qarşi hujumlarni töxtatiş niyatida ekanini ma’lum qildi. Trampning sözlariga köra, buni AQŞ va Eron örtasida vositaçi bölib turgan Pokiston söragan.
Eron taşqi işlar vaziri Abbos Arağçi mamlakatga qarşi hujumlar bölmagan taqdirda, qurolli kuçlar “mudofaa operatsiyalari”ni töxtatişini tasdiqladi.
“Ikki hafta davomida Hörmuz böğozi orqali kemalarning xavfsiz ötişi Eron Qurolli kuçlari bilan muvofiqlaştirilgan holda va texnik çeklovlar inobatga olingan tarzda ta’minlanadi”, — dedi Arağçi.
Isroil ham sulhni qöllab-quvvatlaganini mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyahu ofisi ma’lum qildi.
AQŞ va Isroil 28 fevraldan buyon Eron hududiga havo zarbalari bermoqda. Bu hujumlar oqibatida Eron oliy rahbari Ali Xominaiy va qator yuqori lavozimli amaldorlar hamda kuçişlatar tizim vakillari halok bölgan. Xominaiy örniga uning 56 yoşli öğli Mujtaba kelgan, ammo u janglar boşlanganidan beri na jamoatçilik oldida, na videomurojaat orqali köriniş bergan.
Eron esa bu hujumlarga javoban Isroil va Fors körfazi davlatlaridagi Amerika bazalariga raketa va dronlar bilan zarba bermoqda. Bundan taşqari, Eron Fors körfazidagi bir qator davlatlardagi neft omborlari va Hörmuz böğozi orqali qatnayotgan neft tankerlariga ham hujum qilmoqda. Böğoz blokadasi Tramp uçun jiddiy sinovga aylandi: u Eronga ham tahdid qilişga, ham özi yuzaga keltirgan muammoni hal qilişga NATO davlatlarini jalb etişga urindi, ammo bu borada muvaffaqiyat qozona olmadi.












