Hörmuz böğozi sababli AQŞ va Eron muzokaralari “boşi berk köça”ga kirib qoldi, deb yozmoqda Financial Times.

"Muzokaraçilarning aytişlariça, Pokistondagi Amerika-Eron muzokaralarida Hörmuz böğozini nazorat qiliş masalasida “boşi berk vaziyat” saqlanib turibdi", — deyiladi xabarda.

Naşrning ma’lumot berişiça, Tehron böğozni özi nazorat qiliş va uni kesib ötadigan kemalardan haq olişini ta’kidlamoqda. Şuningdek, Eron uşbu hududni birgalikda nazorat qiliş taklifini rad etmoqda. 

11 aprel kuni Islomobodda AQŞ va Eron delegatsiyalari uçraşuvi bölib ötdi. Amerika delegatsiyasi tarkibidan vitse-prezident Jyey Di Vens, maxsus vakil Stiv Uitkoff va Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner örin olgan. Eron tomonidan esa parlament raisi Muhammad Boqir Ğolibof va taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi iştirok etdi.

Çorşanbaga ötar keçasi Vaşington va Tehron muzokara ötkaziş maqsadida öt oçişni töxtatişga kelişib olgandi. Qayd etilişiça, Eronning ön banddan iborat rejasi bölajak kelişuvlarga asos bölişi mumkin.