Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov va Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga örtasida muzokaralar bölib ötdi.
Baxtiyor Saidovning ma’lum qilişiça, uçraşuv Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilgan.
“Antaliya diplomatik forumi doirasida Ukraina taşqi işlar vaziri Andrey Sibiga janoblari bilan uçraşdik”, – deb yozgan Özbekiston TIV rahbari öz Telegram-kanalida.
Qayd etilişiça, uçraşuvda ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.
“Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, işbilarmonlik aloqalarini qöllab-quvvatlaş masalalariga alohida e’tibor qaratdik”, – deyiladi Özbekiston taşqi işlar vaziri xabarida.












