Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Roche Diagnostics kompaniyasi Toshkentda Roche Day tadbirini o‘tkazib, O‘zbekistonda laboratoriya diagnostikasini rivojlantirishga qaratilgan ilg‘or yechimlarni taqdim etdi
Tadbir sog‘liqni saqlash sohasi mutaxassislari, amaliyotchi shifokorlar, laboratoriya ekspertlari hamda tibbiyot muassasalari rahbarlarini bir maydonga jamladi. Uchrashuv davomida diagnostika sohasidagi zamonaviy yondashuvlar, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda xalqaro tajriba almashinuvi masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda asosiy e’tibor kasalliklarni erta aniqlash, klinik qaror qabul qilish aniqligini oshirish hamda laboratoriyalar va tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yechimlarga qaratildi. Tadbir davomida kompaniya bir qator ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z ishlanmalarini taqdim etdi. Jumladan, Alsgeymer kasalligi diagnostikasiga zamonaviy yondashuvlar, yurak-qon tomir kasalliklarini aniqlash usullari, klinik qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi raqamli algoritmlar haqida tanishtirildi.
Mehmonlar ta’kidlashicha, Roche Day tadbiri zamonaviy diagnostika texnologiyalarining bemor davolanish jarayoni barcha bosqichlarida mutaxassislarga qanday yordam berishi masalasini muhokama qilish uchun professional muloqot maydoniga aylandi. Xususan, skrining va dastlabki baholashdan boshlab, xavfni stratifikatsiya qilish, davolash strategiyasini tanlash, prognozni aniqlash hamda terapiya samaradorligini monitoring qilishgacha bo‘lgan jarayonlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, ishtirokchilar laboratoriya avtomatizatsiyasining ahamiyatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Ma’lum qilinishicha, bunday tizimlar natijalar aniqligi va takrorlanuvchanligini oshiradi, inson omili ta’sirini kamaytiradi hamda bemor manfaatlari yo‘lida yanada samarali laboratoriya jarayonlarini shakllantirishga xizmat qiladi.
“Bugungi kunda IVD diagnostikasi zamonaviy tibbiyotning asosiy poydevorlaridan biri hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash xarajatlarining o‘rtacha 2 foizini tashkil etishiga qaramay, laboratoriya natijalari barcha klinik qarorlarning 70 foizdan ortig‘iga asos bo‘ladi. Roche Diagnostics kompaniyasi uchun bu katta mas’uliyatni anglatadi: bemor salomatligi hamda butun tizim samaradorligi bevosita bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlarning aniqligini ta’minlash asosiy missiyamizdir”, – deydi Roche Diagnostics kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha sog‘liqni saqlash innovatsiyalari rahbari Janar Kanibekova.
Ta’kidlanishicha, Roche Day tadbiri davomida Alsgeymer kasalligi hamda kognitiv buzilishlarni erta aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar ushbu yo‘nalishning sog‘liqni saqlash tizimlari uchun tobora dolzarb bo‘lib borayotgani, diagnostikada obektiv ma’lumotlarning ahamiyati hamda kognitiv funksiyalar pasayishining dastlabki belgilari paydo bo‘lgan paytda bemorlarni o‘z vaqtida mutaxassislarga yo‘naltirish muhimligini muhokama qildi.
“Alsgeymer va demensiyaning boshqa shakllari kuchli e’tiborni talab qiladi. Kognitiv o‘zgarishlarning dastlabki belgilarini faqat yosh bilan bog‘lab qo‘ymasdan, bemorni o‘z vaqtida qo‘shimcha tekshiruvlarga yo‘naltirish muhim. Mutaxassis qo‘lida diagnostika vositalari qanchalik erta paydo bo‘lsa, bemor va uning oilasini o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari shunchalik kengayadi”, – deydi tibbiyot fanlari nomzodi, psixoterapevt Jibek Joldassova.
Roche Diagnostics kompaniyasi O‘zbekistonni zamonaviy diagnostika tizimini rivojlantirish va tibbiyot hamjamiyati bilan professional hamkorlikni kengaytirish uchun strategik muhim lokatsiyalardan biri sifatida ko‘radi. Kompaniya shifokorlar, laboratoriya mutaxassislari hamda sog‘liqni saqlash tizimi menejerlariga ishonchli diagnostik ma’lumotlarni olish, ish jarayonlarini optimallashtirish va klinik qarorlar qabul qilishda samarali yechimlar taqdim etishga qaratilgan texnologiyalarni rivojlantirmoqda.
Roche Day tadbirining Toshkentda o‘tkazilishi zamonaviy diagnostika yechimlariga tibbiyot hamjamiyati tomonidan yuqori qiziqish mavjudligini yana bir bor tasdiqladi. Mutaxassislar fikricha, ilg‘or diagnostika texnologiyalarining joriy etilishi sog‘liqni saqlash tizimi rivojiga xizmat qilib, O‘zbekistonda zamonaviy tibbiy imkoniyatlardan foydalanish ko‘lamini kengaytirishga yordam beradi.
Roche Diagnostics kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha bo‘limi
Roche haqida
Roche (SIX: RO, ROP; OTCQX: RHHBY) – diagnostika, dori vositalari va raqamli yechimlar sohasidagi ilg‘or ilm-fan hamda texnologiyalarni birlashtirgan global sog‘liqni saqlash kompaniyasi bo‘lib, kasalliklarning oldini olish, ularni to‘xtatish va davolashga qaratilgan yechimlarni ishlab chiqadi.
Kompaniya 1896 yilda Shveytsariyaning Bazel shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda Roche dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida millionlab bemorlar uchun innovatsion dori vositalari va diagnostika yechimlarini taqdim etayotgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.
Tashkilot faoliyati bemorlar, ularning oilalari, jamiyat hamda sog‘liqni saqlash tizimlariga eng katta yuk bo‘layotgan kasalliklarga qarshi kurashishga qaratilgan. Roche o‘zining diagnostika va farmatsevtika yo‘nalishlari orqali quyidagi asosiy tibbiy sohalarga e’tibor qaratadi:
- onkologiya
- nevrologiya
- yurak-qon tomir va metabolik kasalliklar
- oftalmologiya
- yuqumli kasalliklar
- immunologiya.
Kompaniyaning maqsadi bemorlar, ularning yaqinlari va sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar hayotida real, ijobiy o‘zgarishlar yaratishdir.
AQShda joylashgan Genentech Roche Group tarkibiga to‘liq tegishli sho‘ba kompaniya hisoblanadi. Shuningdek, Roche Yaponiyadagi terapevtik antitana bozorida yetakchi innovatorlardan biri bo‘lgan Chugai Pharmaceutical kompaniyasining asosiy aksiyadoridir.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun kompaniya rasmiy saytiga tashrif buyuring: www.roche.com
Mazkur materialda keltirilgan barcha savdo belgilari qonun bilan himoyalangan.
Reklama huquqi asosida