Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rimdan Gonkonggacha: xalqaro ekspeditsiya 750 yillik yo‘lni BYD elektromobilida qayta bosib o‘tmoqda
Samarqandda BYD kompaniyasining THE SECOND SILK ROAD – Civilization in Motion xalqaro tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda elektromobil texnologiyalari, O‘zbekistonda elektr transporti rivoji va tashkilotning mintaqadagi rejalari muhokama qilindi. Buyuk ipak yo‘li tarixi asosida yo‘lga qo‘yilgan loyiha doirasidagi The Marco Polo Drive ekspeditsiyasi ishtirokchilari Samarqandga tashrif buyurdi.
Tadbir 750 yil avval Marko Polo bosib o‘tgan tarixiy yo‘lni zamonaviy elektromobilda qayta takrorlash g‘oyasiga bag‘ishlandi. Ekspeditsiya Rimdan Gonkonggacha qariyb 15 ming kilometr masofani 43 kun davomida bosib o‘tishni maqsad qilgan. Ishtirokchilar aynan BYD elektromobillarida harakatlanmoqda.
The Marco Polo Drive xalqaro loyihasining hammuassisi Patrik Chjunning aytishicha, manzillardan biri sifatida Samarqand tanlanishi bejiz emas.
“Samarqand Buyuk ipak yo‘lining eng mashhur tarixiy shaharlaridan biri. O‘zbekistonga kelgan har bir sayyoh ushbu shaharga, albatta, tashrif buyuradi. Bundan tashqari, aynan Samarqandda BYD'ning kuchli dilerlik tarmog‘i shakllangan va eng zamonaviy quvvatlash infratuzilmasi yaratilgan. Shu maydon orqali dunyoga eng so‘nggi texnologiyalarimizni namoyish etishni istadik”, – deydi u.

Ishtirokchilar hozirgacha 7 ming kilometr yo‘l bosib o‘tgan. O‘zbekistonda besh kun davomida safarda bo‘ldi va mazkur vaqtdagi ko‘rgan-kechirganlari ularda katta taassurot qoldirdi.
“Bu mening O‘zbekistonga ikkinchi tashrifim. Birinchi safarimda tarixiy obidalarni tomosha qilgan edim. Hozir esa mamlakatni ichidan his etyapman. Odamlar bilan uchrashdik, kameralar bilan ishladik. Ayniqsa, yoshlarning energiyasi va mamlakatdagi o‘zgarishlar meni hayratda qoldirdi”, – deydi ekspeditsiya vakillaridan biri, Beni Motors kompaniyasi asoschisi Davlatbek Rahimov.

Tadbir doirasida BYD avtomobillari ko‘rgazmasi, test-drayvlar, interaktiv zonalar, mutaxassislar bilan uchrashuvlar hamda kechki BYD × Silk Road Night shou tashkil etildi. Test-drayv ishtirokchilari orasida bosh sovrin ham o‘ynaldi.
BYD Group kompaniyasining Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasi bo‘yicha mintaqaviy boshqaruvchi direktori Ivan Tsao O‘zbekistonda elektromobillar bozori yaqin besh yil ichida sezilarli sur’atlarda rivojlanishiga ishonch bildirdi. Uning fikricha, bugungi geosiyosiy vaziyat fonida yoqilg‘i narxlarining oshib borayotgani va elektromobil texnologiyalarining tez rivojlanishi elektr transport vositalariga bo‘lgan qiziqishni yanada kuchaytirmoqda.
“Bugungi PHEV (tashqi elektr tarmog‘idan quvvatlanadigan gibrid avtomobil) texnologiyalarida 100 kilometrga yoqilg‘i sarfi uch litrdan ham kam bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, BYD dunyo bo‘ylab Flash Charge texnologiyasini joriy qilmoqda. U avtomobilni atigi besh daqiqada ming kilometrgacha yurish uchun yetarli darajada quvvatlash imkonini beradi. Bu esa masofa bo‘yicha xavotirni deyarli yo‘q qiladi”, – deydi kompaniya rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonga investitsiyalarni davom ettirish niyatida. Jizzaxdagi BYD zavodi yiliga 50 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, kelgusida bu ko‘rsatkich bosqichma-bosqich oshiriladi.
“Mahalliy ishlab chiqarish va quvvatlash infratuzilmasi rivojlanar ekan, O‘zbekistonda elektromobillar tobora ommalashishiga ishonamiz”, – deya ta’kidlaydi Ivan Tsao.

Tadbir konsepsiyasi Buyuk ipak yo‘lining tarixiy merosini zamonaviy innovatsiyalar bilan bog‘lash g‘oyasiga asoslangan. Kompaniya fikricha, qadimda xalqlarni savdo va madaniyat orqali bog‘lagan yo‘l bugun ekologik texnologiyalar, elektromobillar va yangi avlod mobil yechimlari orqali davom etadi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
18:49 / 09.07.2026
BYD O‘zbekistonda tezkor quvvatlash stansiyalari tarmog‘ini quradi
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
08:59 / 22.05.2026