Reklama va rekord darajadagi moliyaviy körsatkiçlar
2026 yilning birinçi yarim yilligi yakunlariga köra, Octobank’ning asosiy moliyaviy körsatkiçlarida sezilarli ösiş qayd etildi. Xususan, bank aktivlari 16,52 trillion sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 231,93 foizga ösdi. Majburiyatlar hajmi esa 4,05 trillion sömdan 15,32 trillion sömga yetib, 278,26 foizga oşdi. Bankning xususiy kapitali 1,20 trillion sömni, şu jumladan ustav kapitali 500 milliard sömni taşkil etdi.
Kredit portfeli hajmi ham sezilarli kengayib, 392,8 milliard sömdan 609,4 milliard sömga yetdi va 55,15 foizlik ösişni körsatdi. Joriy yilning birinçi yarim yilligida bankning sof foydasi 170,6 milliard sömni, sof foiz daromadi esa 224,6 milliard sömni taşkil etdi. Şu bilan birga, bankning mijozlar bazasi 3,66 million kişidan oşdi va xodimlar soni 379 nafardan 471 nafargaça köpaydi.
Mijozlar uçun yangi mahsulotlar va xalqaro pul ötkazmalari
Hisobot davrida Octobank mijozlar ehtiyojlaridan kelib çiqib, xizmatlar kölamini kengaytirdi. Biznes vakillari uçun investitsiya maqsadlari, aylanma mablağlarni töldiriş va transport vositalarini xarid qilişga möljallangan «Octo-Invest», «Octo-Oborot» va «Octo-Avto» kredit mahsulotlari, jismoniy şaxslar uçun esa «Avtokredit 2.0» taqdim etildi.
Bundan taşqari, xalqaro pul ötkazmalari imkoniyatlari ham sezilarli darajada kengaytirildi. Endilikda Kaspi.kz orqali Qozoğistondan hamda E9PAY tizimi orqali Janubiy Koreyadan milliy HUMO va UZCARD kartalariga töğridan-töğri pul ötkazmalarini amalga oşiriş imkoniyati mavjud.
Xalqaro hamkorlik va korrespondentlik tarmoği
Octobank çet ellik hamkorlar bilan tezkor va işonçli hisob-kitoblarni ta’minlaş maqsadida öz korrespondentlik tarmoğini kengaytirdi va quyidagi nufuzli moliya institutlarida yangi hisobvaraqlar oçdi:
● DBS Bank (Singapur) — AQŞ dollari (USD) va Xitoy yuani (CNH);
● ICBC London — Xitoy yuani (CNH);
● Yes Bank (Hindiston) — Hindiston rupiyasi (INR);
● Bank of Asia (Qirğiziston) — Qirğiziston sömi (KGS);
● Sohar International Bank (Ummon) — Ummon riali (OMR).

















