Içki işlar vazirining sobiq örinbosari Bekmurod Abdullayevga oid jinoyat işi 29 iyul kuni Yangihayot tuman sudida körib çiqiladi.
Bekmurod Abdullayev Jinoyat kodeksining 167-modda (Özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş) 2-qismi a-, b-bandlari va 167-modda 3-qismi a-, b-, v-, g-bandlari bilan ayblanmoqda.
Sudlanuvçilar orasida Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği Rustam Tursunov ham bor. U 167-modda 2-qismi a-, b-bandlari, 167-modda 3-qismi a-, v-bandlari hamda 205-modda 2-qismi a-, b-bandlari bilan ayblanmoqda.
Sudlanuvçilar jami 30 nafar bölib, ulardan 16 nafariga nisbatan qamoq, qolgan 11 nafariga boşqa turliça ehtiyot çoralari qöllangan.
Bekmurod Abdullayev 2021 yil aprel oyidan içki işlar vaziri örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği lavozimida işlagan, 2025 yil 3 noyabr kuni işdan olingan edi. Kun.uz Bekmurod Abdullayevga nisbatan tergov boşlangani va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingani haqida xabar bergandi.
Rustam Tursunov 2017–2018 yillarda Jizzax viloyati IIB boşliği, 2018 yildan Navoiy viloyati IIB boşliği sifatida faoliyat yuritgan. 2021 yil fevral oyidan Jazoni ijro etiş departamenti boşliği sifatida iş boşlagan, 2025 yil noyabr oyi boşida, Bekmurod Abdullayev bilan bir kunda prezident farmoyişi bilan lavozimidan ozod etilgandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 27 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda Içki işlar vazirligi tizimida davlat xaridlari davomida 186 mlrd söm byudjyet mablağlarining özlaştirilgani aniqlangani hamda bu iş doirasida içki işlar vazirining sobiq örinbosari Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği Rustam Tursunovga qarşi jinoiy iş qözğatilganini aytgandi.
Aprel oyida Bekmurod Abdullayev ozodlikka çiqqani ma’lum









