27 iyul kuni jinoyat işlari böyiça Şayxontohur tuman sudida Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlagan, 57 yoşli Mubin Mirzayev va yana 8 kişiga oid jinoyat işi yuzasidan hukm öqildi. Bu haqda Toşkent şahar sudlari axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, sudning hukmi bilan Mubin Mirzayev Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan 3 ta modda böyiça aybdor deb topilgan:

  • 168-moddasi 4-qismining «a» bandi (juda köp miqdorda firibgarlik);
  • 205-moddasi 2-qismining «a» bandi (mansab vakolatini juda köp miqdorda zarar yetkazgan holda suiiste’mol qiliş);
  • 208-moddasida (hokimiyat harakatsizligi) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi.

Mirzayevga nisbatan 3 yil muayyan huquqdan mahrum qilgan holda 8 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Şuningdek, orasida muqaddam sudlanganlar ham bölgan boşqa sudlanuvçilarga Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari böyiça aybdor deb topilgan:

  • 141-2-moddasi (şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş);
  • 184-moddasi (soliqlarni yoki yiğimlarni tölaşdan böyin tovlaş);
  • 189-moddasi (savdo yoki xizmat körsatiş qoidalarini buziş);
  • 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş);
  • boşqa moddalarning tegişli qismi va bandlari bilan aybdor deb topildi.

Ular 5 yildan 9 yilgaça bölgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Sud hukmi bilan yetkazilgan zararlar undirilişi ham belgilandi.

Ma’lum qilinişiça, tayinlangan jazolar sudlanuvçilarga nisbatan «qamoqqa oliş» ehtiyot çorasi qöllanilgan kundan boşlab hisoblanadi.

Sud yakunida raislik etuvçi taraflarga sud hukmi mazmuni va unga nisbatan şikoyat beriş tartibi hamda muddatlari tuşuntirgan.

Soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Mubin Mirzayev joriy yil yanvar oyida, prezident selektorida işdan olingan edi