Siyetlning ramzi bölgan kuzatuv minorasi – Space Needle yaqinida, har yilgi oziq-ovqat festivalida sodir bölgan bu otişmada uç kişi halok böldi va bir neçta inson yaralandi. Jarohat olganlar orasida 2 yoşli bola ham bor. Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga köra, ikki qurollangan şaxs bir-biriga qarata öq uzgan. Bir gumonlanuvçi voqea joyida qölga olingan, ikkinçisini esa qidiruv işlari davom etmoqda. Foydalanilgan ikkala öqotar qurol ham voqea joyidan topilgan.

Foto: AP

Politsiya ayni dam hodisaning sababini aniqlagani yöq, bu ommaviy hujummi yoki ikki inson örtasidagi mojaro – tekşirilmoqda. Rasmiylar ayni paytda bu hududda harakatlaniş va köçaga çiqiş uçun xavf yöqligini aytişmoqda.

AP naşrining yozişiça, Space Needle yaqinidagi Bite of Seattle oziq-ovqat festivali bölayotgan hududda 26 iyul kuni soat taxminan 18:30 larda öq ovozlari eşitilgan. Dastlab ketma-ket öq ovozlari eşitilgan, odamlar vahimaga tuşib har tomonga yugura boşlagan. Ota-onalar bolalarini u yerdan olib ketişga uringan. Ba’zi OAV ning yozişiça, öşa paytda atrofda ağdarilib yotgan bolalar aravaçalari bor edi. Odamlar esa bir-birining ustidan yurib ötgan.

Foto: AP

Siyetl meri voqeani “dahşatli zöravonlik” deb atab, qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. Politsiya esa ayni paytda jamoatçilikka xavf yöqligini ma’lum qilgan.

Eslatib ötamiz, Bite of Seattle har yilgi festival bölib, yuz minglab sayyohlarni öziga jalb qilardi. Masalan, bu yilgi tadbirda 350 ming kişi qatnaşgani aytiladi.

Foto: AP

Internetda ulaşilgan videolarda otişma paytida odamlar yerda çökkalab, Space of Needle foyyesida ustunlar va tovarlar solingan javonlar orqasiga yaşiringanliklari körinadi.

"Avvaliga muşakbozlik böladi deb öylagandim, keyin hamma vahimaga tuşib, yonimizdan yugurib ötdi", deydi guvohlardan biri