Universitet bu natijaga qanday erişdi?
Joriy yil 24 iyun kuni Indoneziyaning Jakarta şahrida bölib ötgan Global Sustainable Development Congress–2026 forumida Times Higher Education (THE) xalqaro reyting agentligi özining Impact Rankings–2026 natijalarini e’lon qildi.

Unga köra, Toşkent davlat tibbiyot universiteti 601–800-örinlar guruhidan joy olib, dunyoning top-1000 universiteti qatoriga kirdi. Reyting universitetlarning Birlaşgan Millatlar Taşkiloti belgilagan 17 ta Barqaror rivojlaniş maqsadini amalga oşirişga qöşayotgan hissasi asosida şakllantiriladi. Bunda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, soğliqni saqlaş, innovatsiyalar, ijtimoiy mas’uliyat, atrof-muhitga munosabat va xalqaro hamkorlik kabi qator mezonlar hisobga olinadi.

Toşkent davlat tibbiyot universiteti uçun eng muhim natijalardan biri «Soğliq va farovonlik» (SDG 3) yönalişida qayd etildi. Universitet uşbu mezon böyiça dunyoda 81-örinni, mamlakatimizda esa birinçi örinni egalladi. Bu körsatkiç tibbiy ta’lim bilan birga klinik faoliyat, ilmiy tadqiqotlar, profilaktika dasturlari va aholi salomatligini mustahkamlaşga qaratilgan taşabbuslarni ham qamrab oladi.

Bu natija universitet uçun faqat navbatdagi reyting emas. U sönggi yillarda ta’lim mazmunini yangilaş, ilmiy faoliyatni kuçaytiriş, klinik amaliyotni takomillaştiriş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş yölida amalga oşirilgan özgarişlarning xalqaro mezonlar asosida baholanganini anglatadi.

Xalqaro reytingga olib kelgan özgarişlar

Toşkent davlat tibbiyot universiteti bugun Markaziy Osiyodagi yirik tibbiy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitetda 4,5 mingga yaqin professor-öqituvçi 32 mingdan ziyod talabaga bakalavriat, magistratura, klinik ordinatura va doktorantura bosqiçlarida ta’lim beradi.

Sönggi yillarda universitetda ta’lim tizimi tubdan qayta körib çiqildi. Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Litva, Turkiya, Janubiy Koreya va Xitoy kabi davlatlar mutaxassislari iştirokida Xalqaro ekspertlar kengaşi taşkil etildi. Ular iştirokida öquv rejalari va ta’lim dasturlari qayta işlanib, ayrim yönalişlar dunyoning yetakçi universitetlari tajribasi asosida yangilandi.