Madridning «Atletiko» klubi boş murabbiyi Diyego Simeone 2011 yildan beri Ispaniya poytaxtida örnaşib olgan va «Roxiblankos»ni uzluksiz boşqaryapti.

Agar «180» raqami aytilsa, uning Simeone bilan qanday aloqasi borligini hamma ham tuşuna olmaydi. Bu «Atletiko» murabbiyi hakamlar qaroriga e’tiroz bildirgani uçun olgan sariq kartalar soni emas. Bu Simeonening rafiqasi Karla Pereyra bilan egalik qiladigan kvartiralar soni, deb yozdi Sport.pl.

Simeonning şunça kvartirasi bor - uning rafiqasi keng kölamli loyihani boşqaradi.

180 ta xonadondan taşqari, Simeone va Pereyra yettita şaxsiy binoga egalik qiladi. Imperiyaning yuragi Carpersim SL kompaniyasi bölib, u mablağlarning katta qismini uy-joyga sarmoya qiladi va kundalik hayotda «Atletiko» murabbiyi va uning rafiqasi uçun kuçli biznes vositasi bölib xizmat qiladi.

Ekspertlar Savdo reyestriga taqdim etilgan hisobotlarni örganib çiqdi. Carpersim LM deyarli 40 million yevrolik aktivlarga ega bölib, şundan 13,8 million yevro köçmas mulkka investitsiyalardir. Köçmas mulk, zavodlar va uskunalarga 19 milliondan ortiq sarmoya kiritilgan.

Qiziği şundaki, 180 ta xonadonning aksariyati Madrid markazida joylaşgan bölib, ularni MyLocation platformasi orqali ijaraga oliş mumkin. Simeone rafiqasi bilan muhim lokatsiyalarda kvartira sotib oladi, keyin ularni ta’mirlab, bozorga çiqaradi. Maqsadli auditoriya - örta va yuqori daromadli talabalar, menejerlar va sayyohlar.

2024 yilda oilaning ijara daromadlari 330 ming yevrodan oşdi. Oila tomonidan töliq kiritilgan aktivlarning sof qiymati esa taxminan 20 million yevroni taşkil etadi. Şunisi e’tiborga loyiqki, loyiha rulida Simeone emas, balki Forbes naşri «biznes-strateg» deb atagan uning rafiqasi turibdi.

«Mening orzum noldan nimadir yaratiş edi va men bunga erişdim», deb tuşuntirdi Karla Pereyra Madrid şimolidagi Tres-Kantos tumanida yer sotib oliş haqida gapirar ekan. Oilaga tegişli ikkita bino va 140 ta xonadon aynan öşa yerda joylaşgan.

Diyego Simeone «Atletiko» klubida yiliga taxminan 27 million dollar maoş oladi. Soliqlar tölanganidan keyin qoladigan sof daromadi 14 millionga teng.