Özbekiston elçisi Furqat Sidiqov AQŞning “Head Honchos LLC” rekruting kompaniyasi direktori Todd Miller bilan uçraşuv ötkazdi.
Muzokaralar davomida tomonlar uyuşgan mehnat migratsiyasi sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qildilar.
Amerika tomoni AQŞning agrar sektorida içki resurslar çeklangan şaroitda işçi kuçiga bölgan barqaror yuqori talab saqlanib qolayotganini qayd etdi. Şu munosabat bilan xorijlik işçilarni jalb qiliş muhimligi alohida ta’kidlandi. “Head Honchos LLC” rahbariyati Özbekiston fuqarolariga istiqbolli va işonçli kadrlar manbai sifatida qiziqiş bildirdi.
Muzokaralar yakunlari böyiça bir qator kelişuvlarga, jumladan, “H-2A” dasturi doirasida Özbekiston fuqarolarini AQŞ qişloq xöjaligi sohasiga jalb etiş böyiça uzoq muddatli özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyişga erişildi.
Kompaniya nomzodlarni tanlaş va tekşirişdan tortib, hujjatlarni rasmiylaştiriş hamda işga joylaştirişgaça bölgan yollaş jarayonlarini xalqaro standartlarga muvofiq amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.
Şuningdek, Özbekiston fuqarolari uçun ingliz tilini, mehnat qonunçiligi asoslarini, mehnat madaniyati va qişloq xöjaligi könikmalarini örgatişni öz içiga olgan qisqa muddatli kompleks tayyorlov dasturlarini joriy etiş töğrisida kelişib olindi.
“Head Honchos LLC” AQŞ qişloq xöjaligi va boşqa mehnat talab tarmoqlariga xorijiy işçi kuçini jalb qilişga ixtisoslaşgan yetakçi rekruting taşkilotlaridan biri hisoblanadi. Kompaniya har yili uç mingdan ortiq xorijiy fuqaroning mavsumiy işlarga joylaşişiga kömaklaşadi va mamlakat böylab 400 ga yaqin fermer xöjaligi bilan barqaror hamkorlikni qöllab-quvvatlaydi.












