AQŞ prezidenti Donald Tramp agar eronliklar Amerikaning «Ozodlik loyihasi» amaliyotida (Hörmuz böğozida qolib ketgan savdo kemalarini xavfsiz olib çiqişga qaratilgan) iştirok etuvçi kemalariga hujum qiladigan bölsa, Eron «yer yuzidan supurib taşlanişi» bilan tahdid qildi. Bu haqda Tramp Fox News muxbiri Trey Ingstga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Men prezident Tramp bilan Eron bilan boğliq vaziyat haqida 20 daqiqa suhbatlaşdim. U «Ozodlik loyihasi» va AQŞning Hörmuz böğozidagi savdo kemalarini kuzatib boriş böyiça sa’y-harakatlari haqida gapirdi. U Eronga yangi ogohlantiriş berib, agar eronliklar bu hududdagi Amerika kemalariga hujum qilişga urinsa, „ular yer yuzidan yöq qilinişi“ni aytdi», – degan Ingst Fox News efirida.

Uruşni tugatiş böyiça muzokaralar qanday ketayotgani haqidagi savolga javoban Tramp eronliklar «ança murosasoz» bölib qolganini aytgan.

Tramp «Ozodlik loyihasi» haqida 3 may kuni keçqurun e’lon qilgandi. 4 may kuni AQŞ qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi rahbari, admiral Bred Kuper amerikalik harbiylar Eron tomonidan AQŞ harbiy kemalari hamda savdo kemalariga qarata uçirilgan raketa va dronlarni urib tuşirganini ma’lum qildi – bu vaqtda ular Hörmuz böğozini kesib ötayotgan bölgan. Tramp amerikaliklar Eronning bir neça katerini çöktirib yuborganini qöşimça qilgan.

AQŞ va Isroilning Eronga qarşi uruşi boşlanganidan buyon Donald Tramp bir neça bor Tehronga vayronkor oqibatlar bilan tahdid qilgan. Xususan, aprel oyi boşida u eronliklar Hörmuz böğozini oçmaydigan bölsa, «jahannam» va «tamaddun halokati» bilan qörqitgandi. Şundan köp vaqt ötmay, 8 aprel kuni AQŞ Eron bilan vaqtinçalik sulh tuzdi.

CNN va Fox News telekanallari «Ozodlik loyihasi» şusiz ham mört bölgan va böğoz oçilişini ta’minlay olmagan vaqtinçalik sulhni xavf ostida qoldirişini qayd etmoqda. Erondagilar amaliyot öt oçişni töxtatiş tartibini buziş deb hisoblanişi va böğozga kiradigan Amerika kemalariga hujum qilinişidan ogohlantirgan.