«Yil oxirigaça yetkazib berişni yölga qöyişga umid qilyapmiz. Hozirda yetkazib beruvçi robotlar zarur sinov bosqiçlaridan ötmoqda. Robotlar oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor taomlar va kundalik ehtiyoj mollarini yetkazib beradi. Ularga faqat servisning yetkazib beriş vaqtiga qöyilgan talablarini bajara oladigan yönalişlar belgilanadi», - dedi Izzat Şukurov.

Pilot loyiha natijalariga köra, kompaniya uni bosqiçma-bosqiç kengaytirişni rejalaştirmoqda. Jumladan, robotlarni Yandex Uzbekistan ekotizimining boşqa servislari buyurtmalarini yetkazib berişga jalb qiliş, şuningdek, bu xizmatni boşqa kompaniyalarga ham taklif etiş közda tutilgan.

Foydalanuvçi buyurtmani rasmiylaştiriş vaqtida ilovada uning taxminiy yetib keliş vaqtini köradi. Robot ikki kilometrgaça bölgan masofaga yetkazib beriş uçun möljallangan va piyodalar oqimi tezligida harakatlanadi.

Robotlar şaharda qanday harakatlanişi haqidagi savolga javoban kompaniya ular lidar va ultratovuş datçiklaridan foydalanişini maʼlum qildi. Hisoblaş tizimi datçiklardan olingan maʼlumotlarni qayta işlaydi, svetofor signallarini aniqlaydi va atrofdagi obyektlarning harakatini prognoz qiladi. Bu robotga mustaqil ravişda yönaliş tanlaş, tösiqlarni aylanib ötiş va piyodalar ötiş joylaridan yölni kesib ötiş imkonini beradi.

Oltita yetakçi ğildirak robotga balandligi 10 santimetrgaça bölgan bordyurlar va notekis qoplamali yöl qismlaridan ötişga yordam beradi. Kompaniya maʼlumotiga köra, robotlar yomğirli ob-havoda ham harakatlana oladi.

Tahririyat robot favqulodda vaziyatlarda qanday harakat qilişi va unga ötkinçilarning yordami kerak böladimi, degan savol bilan ham murojaat qildi.

«Robot aksariyat vaziyatlarni mustaqil hal qila oladi. Nostandart holat yuzaga kelsa, u masofadan turib işlaydigan operatorga murojaat qiladi. Robotni qöl bilan kötariş yoki joyidan siljitiş tavsiya etilmaydi, çunki u ança oğir. Korpusidagi QR-kod orqali qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qiliş mumkin - mutaxassislar zarur çoralarni köradi», - deya tuşuntiriş berdi kompaniya.

Loyihaga tayyorgarlik haqida iyul oyida maʼlum bölgan edi. Öşanda Toşkent köçalarida robotlar körilgan va Yandex Uzbekistan ularni Yandex Lavka buyurtmalarini yetkazib beriş uçun sinovdan ötkazayotganini tasdiqlagan.