Yangilaniş Yandex Maps va Navigator ilovalarida, şuningdek, xizmatlarning Apple CarPlay va Android Auto versiyalarida işlaydi. Ma’lumotlar real vaqt rejimida uzatiladi va haydovçilarga çorrahadagi vaziyatni oldindan biliş imkonini beradi.

Uşbu funksiya ayniqsa orqa hisob taymerlari örnatilmagan svetoforlarda foydali böladi. Haydovçilar svetofor fazalari haqida qöşimça ma’lumotga ega bölib, stop-çiziq oldida harakatni aniqroq rejalaştirişi mumkin.

Loyiha Toşkent şahar hokimligi, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi hamda Toşkent şahar Yöl harakatini taşkil etiş markazi kömagida amalga oşirildi.

«Haydovçilar uçun yöldagi vaziyat haqidagi ma’lumotlar qança köp bölsa, qaror qabul qiliş şunça osonlaşadi. Navigatsiya xizmatlarida svetofor signallarining aks etişi haydovçilarga çorrahalarda yaxşiroq möljal oliş va joriy vaziyatni hisobga oliş imkonini beradi», - dedi Toşkent şahar hokimining transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari Abdurahmon Baxtiyev.

Kompaniya tomonidan ötkazilgan foydalanuvçilar tadqiqoti natijalariga köra, haydovçilarning 88 foizi navigatsiyada svetofor signallarini körsatiş funksiyasidan faol foydalanadi. Şuningdek, iştirokçilarning 63 foiziga köra, bu ma’lumot harakatni yanada başorat qilinadigan qiladi. 48 foiz haydovçi özini rulda xavfsizroq his qilişini, 51 foizi esa safarlar xotirjamroq keçişini ta’kidlagan.

Svetofor fazalari haqidagi ma’lumotlardan foydalaniş manzilga yetib boriş vaqtini ham aniqroq hisoblaş imkonini beradi. Marşrut tuzişda örtaça kutiş vaqti emas, balki yöldagi joriy vaziyat hisobga olinadi.

Toşkent Yandex Uzbekistan navigatsiya xizmatlarida svetoforning joriy signali haqidagi ma’lumotlar joriy etilgan ilk şaharlardan biriga aylandi. Kelgusida qamrovni kengaytiriş va qöşimça svetofor obektlarini tizimga ulaş rejalaştirilgan.